Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:04

Toshkent viloyatida 50 mln. dollarga tekstil fabrikasi quriladi


Toshkent viloyatida Janubiy Koreyaning Textile Technologies Group shirkati paxta tolasi, mato va kiyim-kechaklari ishlab chiqaradigan tekstil fabrikasini quradi.

Janubiy Koreya shirkati fabrika qurilishi uchun 2011-12 yillar oralig‘ida 50 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishni rejalamoqda.

2013 yildan ishga tushishi aytilayotgan yangi zavodda yiliga 6 ming tonna tola, 7 yarim million metr kvadrat mato va 5 million dona kiyim ishlab chiqarish ko‘zlangan.

Fabrikada ishlab chiqarilgan mahsulotning 80 foizi eksport qilinishi aytilmoqda va o‘zbek matbuotida bu O‘zbekiston eksport potensialini oshirishga qaratilgan davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotganiga urg‘u berilmoqda.
XS
SM
MD
LG