Линклар

Bu haqda Ozodlik bilan suhbatda toshkentlik maklerlardan birining aytishicha, shu kunlarda Toshkent shahrining Yunus-obod dahasidagi bir xonali uyni o‘rtacha 15 ming AQSh dollariga xarid qilish mumkin.

Ikki oycha avval bu narx o‘rtacha 17 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan.

Toshkent shahrining markazidagi maydoni 40-42 kvadrat metrga teng bir xonali uylar narxi esa shu kunlarda o‘rtacha 20-22 ming AQSh dollariga baholanmoqda.

Ayni paytda Toshkentda xususiy tartibda uy oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotgan savdogarlar kelgusi oylar ichida ko‘chmas mulk narxi arzonlashini taxmin qilmoqdalar.

“Riyeltorlik faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qonun qabul qilingan, xabaringiz bor. 6 oy ichida shu qonun kuchga kiradi va shu munosabat bilan uy-joy narxi yana arzonlashini taxmin qilyapmiz”, deydi Ozodlikka shaxsiga oid ma‘lumotlar sir qolishi sharti bilan ma‘lumot bergan toshkentlik maklerlardan biri.

Eslatamiz, O‘zbekistonda «Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida»gi yangi qonun 2010 yilning dekabr oyida qabul qilingan va unga muvofiq ko‘chmas mulk bozoridagi oldi-sotdi bilan faqat tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan rieltor tashkilotlarigina shug‘ullana oladi.
XS
SM
MD
LG