Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:49

Toshkentda yana issiq suv haqi oshadi


Joriy yilning 1 fevralidan boshlab uyida hisoblagichi bo‘lmagan toshkentliklar issiq suv uchun 20 foiz ko‘proq pul to‘lashlari lozim bo‘ladi. Bu haqda Gazeta.uz sayti “Toshissiqquvvati” ishlab chiqarish birlashmasi vakillariga tayangan holda xabar tarqatdi.

Kelasi oydan boshlab O‘zbekiston poytaxtida hisoblagichi yo‘q xonadon egalaridan oyiga 4140,52 so‘m emas, 4968,62 so‘m olinadi.

Shuningdek, dushxonasi umumiy bo‘lgan yotoqxonalarda yashovchilarning har biridan avvalgidek 3080,14 so‘m o‘rniga 3696,17 so‘m olinishi xabar qilinmoqda.

Ayni paytda uyida hisoblagichi bor toshkentliklar uchun issiq suv haqi o‘zgarmagani aytilmoqda. Ular avvalgidek issiq suvning har kub metriga 1272,29 so‘mdan to‘laydilar.

Issiq suv haqining ko‘tarilishini mutassaddilar energiya zahiralarini iqtisod qilish hamda aholini suv hisoblagichlarni o‘rnatishga rag‘batlantirish zarurati bilan izohlamoqdalar.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yilda poytaxt ahli uchun issiq suv haqi ikki marta – fevral va oktabr oylarida oshirilgan. Xususan, fevral oyida issiq suv 20 foizga oshgan bo‘lsa, oktabr oyida bu ko‘rsatkich 8,5 foizni tashkil qilgan.
XS
SM
MD
LG