Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:38

Toshkentda 11 yoshli qizaloq zo‘rlanib, o‘ldirildi


Qizaloqning ko‘chaga o‘ynash uchun chiqib¸ uyga qaytmagani aytilmoqda.
Qizaloqning ko‘chaga o‘ynash uchun chiqib¸ uyga qaytmagani aytilmoqda.
Bu esa¸ huquq faollariga ko‘ra¸ keyingi uch oyida poytaxtda bolalar bilan bog‘liq qayd etilgan to‘rtinchi qotillikdir.

23 may kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Oqtepa mahallasidagi 180-maktabning 5- "D" sinf o‘quvchisi, 11 yoshli Jasmina Rustamovaning jasadi ko‘p qavatli uylardan birining yerto‘lasidan topildi. Qizaloqning avval zo‘rlanib, keyin o‘ldirilgani, uning tanasida qiynoq izlari topilgani aytilmoqda.

11 yoshli Jasmina Rustamova 21 may kuni g‘oyib bo‘lgan va oradan bir yarim kun o‘tib, uning jasadi Oqtepadagi ko‘p qavatli uylardan birining yerto‘lasidan topilgan.

Bu ma‘lumotni Jasmina o‘qigan Toshkentdagi 180-maktab o‘qituvchilaridan biri Ozodlikka ma‘lum qildi.

Jasminaning qo‘shnilaridan biri¸ huquq faoli Dilorom Is‘hoqovaga ko‘ra, qizaloq avval zo‘rlanib, keyin shafqatsizlarcha qiynab o‘ldirilgan.

- 11 yoshli qizaloq. Bugun ko‘mishdi. Bundan 3 kun oldin ko‘chaga chiqib o‘ynab yurgan qizaloq yo‘q bo‘lgan. Butun mahalla, butun qarindosh-urug‘ yugur-yugur qidirishgan. Hech qayerda yo‘q. Militsiyaga berishgan. Militsiya ham qidirgan. Shu bilan bir uyning podvalidan topishibdi. Oradan bir yarim sutka o‘tgandan keyin topishgan. Haligi qizchaning o‘ligini topishgan. Juda qo‘rqinchli ahvolda ekan. Yuzlarida sigaretlar o‘chirilgan, zo‘rlangan. 11 yoshli qizaloq. Umuman juda dahshatli, qo‘rqinchli bir voqea bo‘lgan. Kecha kechqurun olib kelishibdi morgdan. Bugun ertalab shu qizchani chiqarishdi, ko‘mishdi, deydi voqea tafsilotlarini hikoya qilgan Dilorom Is‘hoqova.

Jasmina o‘qigan 180-maktab o‘qituvchisi Ozodlik bilan suhbatda Jasmina namunali o‘quvchilardan biri bo‘lganini aytdi.

- Jasmina bilan bog‘liq hech qachon muammo bo‘lmagan. U darslarga doim to‘liq qatnashgan. To‘g‘ri u ichimdagini top xilidagi qizlardan edi, biroq juda bosiq qiz bo‘lgan. Barcha sinfdoshlari bilan ahil edi. Sinfdoshlari va o‘qituvchilari bilan umuman mojaraga bormagan, deydi o‘qituvchi ayol.

Unga ko‘ra, ayni paytda militsiya xodimlari qotillik yuzasidan tergov-surishturuv ishlari olib borayapti.

- Surishtiruv olib borilmoqda. Militsiya ishlayapti. Kelib ota-onalar bilan, Jasminaning sinfdoshlari bilan suhbatlashdi. Tergov olib borilayapti. Biroq hozircha buni kim va nima maqsadda qilgani noma‘lum, deydi o‘qituvchi ayol.

Dilorom Is‘hoqovaga ko‘ra, keyingi uch oy davomida Toshkentda voyaga yetmagan bolalar bilan bog‘liq to‘rtta qotillik holati aniqlangan.

- Hozir butun mahallalarda yurib, maktablarda yurib bo‘lgan voqealarni aytib “Bolalarni ehtiyot qilinglar. O‘zinglar olib borib o‘zinglar olib kelinglar” deb tushuntirish bo‘layapti. Mana shu voqeadan ikki hafta oldin ham kanalizatsionniy lyukning ichidan bitta qizning o‘ligini olishgan ekan. U ham Shayxontohurdan. U ham o‘ldirilgan. Oxirgi uch oy ichida mana shu to‘rtinchi voqea. Avvalroq maktabdan aka-uka kelayotganda o‘g‘irlab ketilganini eshitgan edim. Juda qo‘rqinchli bo‘layapti. Toshkent dunyodagi eng tinch shaharlardan bittasi edi. Juda kamdan kam bo‘lardi bola o‘g‘irlash. Keyingi paytda bunaqa narsa odatiy bo‘lib qoldi,- deydi Dilorom Is‘hoqova.

11 yoshli Jasmina Rustamovaning o‘ldirilishi yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining "Qotillik", "Qiynash", "Nomusga tegish" kabi moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shayxontohur tuman xokimligidagi manbaning Ozodlikka bildirishicha, ushbu qotillikda narkomanlar guruhi gumon qilinmoqda. Jasminani uyi oldidan aldab olib ketganlikda gumonlanib, narkoman sifatida ro‘yxatda turgan Ruhina ismli qizning hibsga olingani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG