Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:19

Toshkentda 12 kishi vahhobiylikda ayblanib qamaldi


Toshkent shahar jinoiy ishlar sudi hukmiga ko‘ra, 12 kishi Vahhobiylik diniy oqimiga aloqadorlikda ayblanib, uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi.

O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi tarqatgan ma‘lumotga ko‘ra, sudlanuvchilardan besh nafari 12 yil muddatga, yetti nafari 3 yil muddatga qamoq jazosiga tortildi.

Sudlanuvchilarning barchasi Toshkent shahri va viloyatida yashovchi fuqarolar bo‘lib, ular joriy yilning fevralida hibsga olingan edi.

Huquq faolllari mahkama jarayonida qator qonunbuzarliklar bo‘lgani va sudlanuvchilarga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilganini da‘vo qilishmoqda.

Sudlanuvchilar sud hukmiga norozilik bildirib, appelyatsiya tartibida ariza topshirishgan.
XS
SM
MD
LG