Линклар

Toshkent hokimi qarori bilan poytaxtda qator ko‘cha va mahallalar nomi o‘zgardi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Bo‘zariq” mahallasi “Katta oltintepa”, “Quduqboshi” mahallasi esa “Guliston” deb nomlandi. Ikki holatda mahallaning tarixiy nomi tiklangani aytilmoqda.

Mirobod va Yunusobod tumanlarida joylashgan Mustafo Otaturk ko‘chasi bundan buyon o‘sha yerga yaqin joylashgan savdo-ko‘ngilochar majmuasi “Zarafshon” nomi bilan ataladi.

Sirg‘ali tumanidagi Sobir Rahimov mahallasi esa turar-joy massivi va o‘sha yerdagi ko‘chaga moslab “Yangi Sirg‘ali” deb nomlandi.

Hamza tumanidagi yana bir Sobir Rahimov mahallasi o‘sha yerdagi asosiy ko‘cha - “Iltifot” nomi bilan ataldi.

Gazeta.uz nashri xabariga ko‘ra, poytaxtning 11 tumanidan 8 tasida qator ko‘cha va mahallalar nomlarini o‘zgartirishdan maqsad ko‘cha nomlarini tartibga solish, qaytarilgan nomlarni olib tashlash, eski va tarixiy nomlarni qayta tiklashdan iborat.
XS
SM
MD
LG