Линклар

Toshkentda oliy o‘quv yurtlarini bitirayotgan talabalarga bitiruv kechalari, diplom to‘ylarini o‘tkazish man etildi.

Poytaxtdagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimi oliy o‘quv yurtlari rektorlariga bu haqda maxsus buyruq jo‘natgan.

Hujjatda jamoat tartibini saqlash maqsadida shunday choraga qo‘l urilayotgani aytiladi.

Buyruq bajarilishini ta‘minlash fakultetlar dekanlari zimmasiga yuklatilgan.

Tartibni buzuvchilar qonunda ko‘zda tutilganidek javobgarlikka tortilishi aytiladi.

Shuningdek, bu yil bitiruv imtixonlari ham odatdagidan bir oy oldin o‘tkazildi.

O‘zbekiston oliygohlarida davlat imtihonlari odatda iyun oyida boshlanib¸ diplom himoyalari iyul o‘rtalariga qadar davom etar edi.

Ammo bu yil Toshkentdagi talabalardan davlat imtihonlari va diplom himoyalarini iyunga qadar tugatib¸ viloyatdan kelganlardan 10 iyunga qadar poytaxtdan chiqib ketish so‘raldi.
XS
SM
MD
LG