Линклар

NTT kanali orqali 21 iyun oqshomida namoyish qilingan “Iztirob” filmi Qirg‘iziston janubida o‘tgan yili sodir bo‘lgan voqealardan bahs etadi.

Mazkur film Belgiyada ro‘yxatgan olingan Alisher Navoiy instituti tomonidan tayyorlangan.

Qarorgohi Bryusselda joylashgan Alisher Navoiy institutining maqsadi Qirg‘iziston janubidagi vaziyatni izga solishda ko‘maklashish ekani aytiladi. Mazkur nohukumat tashkiloti shu yil may oyida o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik huquq faollari tomonidan Toshkentda tuzilgan "O‘sh tashabbusi guruhi" bilan birlashganini e‘lon qilgandi.

Senariy muallifi va rejissyori Abdukarim Mirzayev bo‘lgan “Iztirob” filmi 2010 yilning 10-15 iyun kunlari Qirg‘izistonning O‘sh va Jalolobod viloyatlarida sodir etilgan xunrezliklar haqida hikoya qiladi.

Filmda Qirg‘iziston janubida millatchilik harakatlari hali-hanuz to‘xtamagani, odamlar milliy mansubiyatga ko‘ra diskriminatsiya qilinayotgani qayd etiladi.

Abdukarim Mirzayevga ko‘ra, "Iztirob" filmini suratga olishda O‘zbekistondagi birorta davlat yoki nodavlat telekanali texnikasidan foydalanilgan emas, NTT esa faqat film translyatsiyasiga lutfan rozilik bergan, xolos.

Film muallifi va rejissyori bu film kelajakda rus va ingliz tillariga tarjima qilinishi rejalanayotganini ham qo‘shimcha qildi.

XS
SM
MD
LG