Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:13

Toshkentga "propiska" to‘g‘risida qonun qabul qilinishi mumkin


Hozircha O‘zbekiston poytaxtida viloyatliklarga "propiska"dan o‘tish taqiqlandi.
Hozircha O‘zbekiston poytaxtida viloyatliklarga "propiska"dan o‘tish taqiqlandi.
O‘zbekiston Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkin bo‘lgan shaxslar toifalari – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ro‘yxati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama qilmoqda. “Milliy tiklanish” partiyasining parlamentdagi fraksiyasida bo‘lgan muhokamalarda mazkur qonun fuqarolarning bir joydan boshqa joyga ko‘chish huquqlarini kafolatlash maqsadida ishlab chiqilgani ta‘kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkin bo‘lgan shaxslar toifalari – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ro‘yxati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.

“Milliy tiklanish” partiyasining parlamentdagi fraksiyasidagi muhokamalarda qonun loyihasi “fuqarolarning O‘zbekiston hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish huquqlarini ta‘minlash, ularning poytaxt va poytaxt viloyatida doimiy qaydga olish tartibini soddalashtirish va yanada takomillashtirish, doimiy qaydga olish masalalarini ko‘rib chiqishda korrupsiya holatlarining oldini olish, poytaxt mintaqasida huquqiy targ‘ibot va jamoat xavfsizligini ta‘minlash maqsadida ishlab chiqilgani” ta‘kidlandi.

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi rasmiy saytida esa bu haqda biror ma‘lumot berilmagan. Xabarga oydinlik kiritish maqsadida parlamentning matbuot markaziga qilgan murojaatimiz ham natija bermadi: matbuot xizmat xodimlari telefon orqali masala yuzasidan izoh bera olmasliklari aytib, bevosita parlamentga murojaat qilishimizni tavsiya qilishdi.

Toshkent shahar hokimiyatining qaydga olish masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutassadi Ozodlik muxbiri bilan gaplashishni istamadi.

1999 yil 16 fevral portlashlaridan keyin Toshkent shahrida viloyatlardan kelganlarni doimiy qaydga olish to‘xtatilgan edi. Keyinchalik bu cheklov Toshkent viloyatida ham joriy qilindi. Keyingi bir necha oydan beri Toshkent shahri va viloyatida vaqtinchalik qaydga turish ham imkonsiz bo‘lib qoldi.

Cheklov joriy qilinishidan avval Toshkent viloyatida vaqtinchalik qayddan o‘tishga ulgurib qolgan 26 yoshli Nargiza Toshkent shahrida hisobchi bo‘lib ishlaydi:

- Hozir umuman propiska yopiq. Mumkin edi, vremenniyga qo‘yib yurgan edik, 6 oylikka 100-200ga (AQSh dollariga) gaplashish mumkin edi. Keyin uje 3 yillikka 3 ming (dollar) berib postoyanniyga o‘tkazib yurgan edi. Mana bir oy bo‘ldi umuman propiskani yopib tashladi. Hozir mustaqillikning 20 yilligi munosabati bilan oktabrgacha umuman propiska yopiq. Prezident ukazi chiqibdi. Viloyatdan bitirgan talabalarni umuman ishga olmaslik to‘g‘risida va chet viloyatlardan kelganlarni propiska qilmaslik haqida,- deydi ko‘p yillardan beri toshkentlik bo‘lish orzusiga yeta olmayotgan Nargizaxon.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qaydga olish faqatgina poytaxt va Toshkent viloyati hokimliklari qoshidagi qaydga qo‘yish maxsus komissiyasi ruhsati bilan amalga oshiriladi. “Lekin bugun hatto vaqtinchalik qaydga olish muddati 3 oyga qisqartirilgan”, deya qo‘shimcha qiladi Nargiza.

Toshkent shahri va viloyatidagi "propiska" tizimi bilan shug‘ullanish komissiyalar zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa-da, ularning hammasi ichki ishlar vazirligining qattiq nazoratida ekani ma‘lum.

Shuningdek, bu komissiyalar, pasport bo‘limlari va "propiska" ishlariga aloqador har qanday idora poytaxtga ishlagani kelgan viloyatliklarga ma‘lum miqdordagi muzd evaziga ularni vaqtincha ro‘yxatga olish, kattaroq pora bersangiz doimiy "propiskaga" qo‘yishni "kasb qilib" olgani aytilar edi.

Toshkentda nafaqat doimiy, vaqtinchalik ro‘yxatga olish to‘xtatilgach, bu "kasb egalari" ishsiz qolganga o‘xshaydi, deydi kuzatuvchilar.

Oliy Majlisdagi xalq vakillari tomonidan muhokama etilgan qonun loyihasidan bexabar yana bir suhbatdoshimiz toshkentlik Shavkat aka bunday deydi.

- Propiska ham poraxo‘rlikning bitta tochkasi, desa bo‘ladi. Bitta qo‘shnimizda bir ikki yilcha bo‘lib qoldi, o‘g‘li uylangan kelinning haliyam propiskasi yo‘q. Borsa uni bahona qiladi, buni bahona qiladi. G‘urbat! Axir o‘sha ayol eri bilan birga yashashi kerak-ku. Bu tarafdagi qo‘shninikida ham shu ahvol. Ha, mana bu tashqaridan- vodiydan, oblastlardan kevotganlar yo‘l-yo‘rig‘ini topib, qalovini topib u-bu qilib propiskaga o‘tishvotti,- deydi Shavkat aka.

O‘zbekiston respublikasining 28-moddasida bunday deyiladi: “O‘zbekiston respublikasi fuqarosi respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish, O‘zbekiston respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir.”

O‘zbekiston parlamentida qabul qilishga tayyorlanayotgan “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkin bo‘lgan shaxslar toifalari – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ro‘yxati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini toshkentlik huquqshunos Ruhiddin Komilov hatto qonun mohiyatiga mos kelmasligini ta‘kidladi.

- Bu ming bir marta, umuman Konstitutsiyaga zidku! Qonun loyihasi shaxsga nisbatan bo‘lsa qonun bo‘lmaydiku. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar qonun hisoblanadi. Bir shaxsga nisbatan u farmon, farmoyish bo‘ladi. Bu qonun loyihasi qonun mohiyatiga ham to‘g‘ri kelmaydi-ku! Men sizga tarjiva qilib beray shuni: Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashash mumkin bo‘lgan. Kimdir qaysidir hususiyatlarga ega bo‘lsa yashashi mumkin, qaysidiriga ko‘ra yashashi mumkin emas degan farmon bo‘lardi. 2010 yildami Toshkent viloyatida ham qaror chiqdi va Toshkent viloyati ham yopiq viloyatga aylandi. Demak ular shu Vazirlar Mag‘kamasining farmoyishiga qonun loyihasi qilib ko‘tarishvotti,- deydi advokat Ruhiddin Komilov.
XS
SM
MD
LG