Линклар

logo-print
Toshkentda Yaponiyaning Xirosima shahriga tashlangan atom bombasi qurbonlari xotirlandi.

O‘zbekiston San‘at akademiyasining Ikuo Xiroyama madaniyati Xalqaro karvon-saroyida uyushtirilgan marosim qatnashchilari “Xirosima tinchlik toshi” poyiga gullar qo‘ydilar.

SA-News agentligining bildirishicha, marosimda so‘zlagan Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi birinchi kotibi Suyeshi Kurixara “insoniyat yadroviy fojiani qaytarmasligi kerakligi”ni aytgan.

66 yil muqaddam, 2-jahon urushi chog‘ida AQSh uchqichi Xirosima shahriga atom bombasi tashlagan edi. Portlash va uning oqibatlaridan 140 ming nafar atrofida odam halok bo‘lgan.

Joriy yil 21 mart kuni Markaziy Osiyoda yadroviy quroldan xoli zona haqidagi shartnoma kuchga kirganiga ikki yil to‘ldi.
XS
SM
MD
LG