Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:52

Toshkentda YeI va MO tashqi ishlar vazirlari uchrashadi


Toshkentda YeI Troykasi va Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

7 aprel kun Toshkentda o‘tkazilishi aytilayotgan uchrashuvda Yevropa Ittifoqining joriy raisi Vyengriya tashqi ishlar vaziri Yanosh Martoni, YeIning rivojlanish masalalari bo‘yicha komissari Andris Pibalgs va YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Per Morel ishtirok etadi. Morrel janoblari Ozodlik radiosiga Toshkentga allaqachon yetib kelganini ma‘lum qildi.

O‘zA agentligining xabar qilishicha, Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalariga O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Elyor G‘aniyev,Turkmaniston Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Qazaqbayev, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Hamroxon Zarifiy, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Konstantin Jigalov boshchilik qiladi.

Xabarda aytilishichaa, yig‘ilishda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan Yangi sheriklik strategiyasini amalga oshirish doirasida YeI va MO davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi ahvoli va uni rivojlantirish istiqbollari, savdo-iqtisodiy aloqalar, energetika, atrof-muhit himoyasi, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek uchrashuvda chegara xavfsizligini ta‘minlash, mintaqa xavfsizligi va narkotiklar kontrabandasiga qarshi kurash sohalarida mintaqaviy hamkorlikka aloqador masalalarning ko‘rilishi kutilmoqda. Yig‘ilishda Afg‘onistondagi vaziyat xususida ham tomonlarning o‘zaro fikr almashishi rejalangan.
XS
SM
MD
LG