Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:55

Toshkentdagi Otaturk ko‘chasi nomi o‘zgardi


Toshkent markazidagi Mustafo Otaturk ko‘chasi nomi Zarafshon deb o‘zgartirildi.

Ko‘cha nomining o‘zgartirilishi O‘zbekistonda bir qator turk shirkatlari, jumladan Otaturk ko‘chasida joylashgan "Mir" supermarketi va "Demir" oshxonasining yopilishi ortidan amalga oshdi.

Mirobod va Yunusobod tumanlaridan o‘tadigan Mustafo Otaturk ko‘chasi bundan unda joylashgan savdo-ko‘ngilochar majmuasi “Zarafshon” nomi bilan ataladigan bo‘ldi.

Shuningdek, Toshkent hokimi qarori bilan poytaxtda boshqa ko‘cha va mahallalar nomlari ham o‘zgartirildi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Bo‘zariq” mahallasi “Katta oltintepa”, “Quduqboshi” mahallasi esa “Guliston” deb nomlandi.

Ikki holatda mahallaning tarixiy nomi tiklangani aytilmoqda. Sirg‘ali tumanidagi Sobir Rahimov mahallasi esa turar-joy massivi va o‘sha yerdagi ko‘chaga moslab “Yangi Sirg‘ali” deb nomlandi.

Hamza tumanidagi yana bir Sobir Rahimov mahallasi o‘sha yerdagi asosiy ko‘cha - “Iltifot” nomi bilan ataldi.
XS
SM
MD
LG