Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:04

Toshkentdan uchayotgan A320 samolyotlari soni 6 taga yetdi


Ole Christian Rousing olgan surat.
Ole Christian Rousing olgan surat.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” shirkati qatnovlarida oltinchi A320 rusumli yo‘lovchi samolyoti ish boshladi.

Yevropadagi Airbus shirkatidan olingan A320 rusumidagi samolyotlar o‘tgan yilning iyul oyidan boshlab “O‘zbekiston havo yo‘llari” shirkati xalqaro reyslari yo‘nalishida uchishni boshlagan.

Yangi samolyotlar hozir Toshkentdan Dehli, Tel-Aviv, Lahor, Olmaota, Bishkek, Krasnodar, Tyumen, Moskva kabi shaharlarga uchmoqda.

Gazeta.uz nashri xabariga ko‘ra, shu yil oxiriga qadar “O‘zbekiston havo yo‘llari” shirkati o‘z hisobidagi A320 rusumidagi samolyotlar sonini 10 taga yetkazishni rejalagan.
XS
SM
MD
LG