Линклар

logo-print
Italiyaning Barletto shahrida o‘tkazilgan yosh musiqachilarining xalqaro tanlovida o‘zbekistonlik Iskandar Mamadaliyev mutloq g‘olib, deb topildi va gran-prini qo‘lga kiritdi.

Newsuz.com sayti ma‘lumotiga ko‘ra, tanlovda eng yosh ishtirokchi sifatida qatnashgan to‘qqiz yoshli Iskandar “Yevropa musiqasining eng yaxshi ijrochisi”, “Tomoshabinlar olqishi” nominatsiyalarida ham g‘olib chiqqan.

Dunyoning o‘nlab mamlakatlaridan kelgan pianinochilar qatnashgan bellashuvda Iskandar Mamadaliyev Bax va Shopen asarlarini ijro etgan.

Iskandar Mamadaliyev 2002 yilning 24 yanvarida Toshkent shahrida tavallud topgan. U besh yoshida pianinoda o'ynashni boshlagan.

Video: Iskandar Mamadaliyev taniqli avstriyalik kompozitor Yozef Gayd asarini ijro etmoqda, 2010 yil.

XS
SM
MD
LG