Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:55

Toshkentliklar “avatarlar” ishg‘olidan qo‘rqmoqda


Kameron filmidagi Pandora sayyorasining odamsimon mahluqlari aslida Avatar emas, Naavi deb atalishidan mahalliychi shaharliklarning xabar yo‘qqa o‘xshaydi.
Kameron filmidagi Pandora sayyorasining odamsimon mahluqlari aslida Avatar emas, Naavi deb atalishidan mahalliychi shaharliklarning xabar yo‘qqa o‘xshaydi.
Qurultoyning bu sonini o‘zbek millatiga ilashgan xastalik, deya ta‘rif berilgan mahalliychilik muammosiga bag‘ishladik.

Shu kunlarda Toshkentda kelgindilarni “avatarlar” deb aytish urf bo‘lgan.

Bundan oldin ular “harrip” degan maqomgagina loyiq ko‘rilgan edi.

Ayni holat samarqandliklarning ishtixonlikka yoki buxorolikning qorako‘llikka munosabatida aks etadi.

Ya‘ni shaharlik nazarida qishloqdan kelgan, brend kiyim-bosh kiymagan, qo‘l-telefoni eski rusumda bo‘lgan har bir erkak yo aël “avatar”dir.

Jeyms Kameron suratga olgan "Avatar" filmida yuzlari ko‘kimtir ro‘dapolar yuradi. Bu ro‘dapolar toshkentliklar nazarida viloyatdan kelganlarga mengzaydi.

Ayni paytda viloyatdan kelganlar toshkentliklarni “moshovaxo‘r”, deb atashadi.

Toshkent – toshkentliklar uchun, degan fikr keyingi 20 yildan beri Oqsaroy atrofida urchitiladi.

Islom Karimov iqtidorining turli davrlarida Temur Alimov, Shukrullo Mirsaidov, Alisher Azizxo‘jayev kabi yuqori amaldor toshkentliklar, Ismoil Jo‘rabekov rahnamoligidagi Samarqand klaniga qarshi kurashida bu falsafani qurol qilishga urinishdi.

Qurultoyda qatnashgan o‘zbek yozuvchisi Yoqubjon Xo‘jamberdiyev, Toshkent - toshkentliklar uchun, degan fikr mutlaq zararli ekanini ta‘kidlab, mahalliychilikning millatni parchalaydigan og‘u ekanligini aytdi.

O‘zini asl toshkentlik deb hisoblovchi huquq himoyachisi Sur‘at Ikromov ikki yarim million kishi qayddan o‘tgan shaharda yetti million kishi istiqomat qilaëtganinidan tashvishlandi.

- Shahar rezinkadan emas. Boshqa viloyatlarda ham ishchi o‘rinlari tashkil qilib, poytaxtga kelaëtganlar oqimini to‘xtatish kerak, deydi huquq faoli.

Eshittirishda qatnashgan tahlilchi Kamoliddin Rabbimov va Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika univyersitetining sobiq domlasi Abdulla Abdurazzoqovlarning bu boradagi fikrlarini mana bu yerda tinglay olasiz.

XS
SM
MD
LG