Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:55

Toshkentni xonavayron qilgan zilzilaga 45 yil to'ldi


Toshkentda 1966 yilda sodir bo‘lgan zilziladan keyingi rasmlardan biri.
Toshkentda 1966 yilda sodir bo‘lgan zilziladan keyingi rasmlardan biri.
Bundan 45 yil muqaddam - 1966 yil 26 aprelda mahalliy vaqt bilan soat 5 dan 23 daqiqa o'tganda Toshkentda kuchli yer silkinishi yuz bergandi. Mazkur Rixter o'chovi bo’yicha 7,5 ballik, magnitudasi 5,3 ga teng tabiiy ofat oqibatida minglagan xonadonlar vayron bo'lib, 300 minga yaqin inson boshpanasiz qolgan edi.

1966 yilda Toshkent seysmik markazi raxbari bo‘lib ishlagan Valentin Ulomovga ko‘ra, zilzilaning vayron etish kuchi o‘ta qudratli bo‘lgan. Shaharni to‘la vayron etilishdan zalzilaning o‘chog‘i 8 kilometr yer ostida bo‘lgani saqlab qolgan, deya eslaydi u. Shunga qaramay, o‘sha paytdagi O‘zbekiston SSR poytaxti markazidagi 10 kvadrat kilometrga teng hududi vayron bo‘lgan.

O‘sha davr rasmiy ma‘lumotiga ko‘ra, 2 million kvadrat metr uy-joy, 236 ma‘muriy bino, 700ga yaqin savdo va jamoat ovqatlanish shoxobchalari 26 kommunal xo‘jalik, 181 ta‘lim muassasasi, 36 madaniyat tashkiloti, 185 tibbiy va 245 sanoat binolari vayron bo‘lgan. 78 ming oila yoki o‘sha paytda Toshkentda yashayotgan bir yarim million aholining 300 mingdan ortiqrog‘i uysiz qolgan.

Ittifoqdosh mamalakatlar yordami bilan Toshkent shahri qaytatdan qurila boshlagan. Zilzila oqibatida asosan bir qavatli eski loydan yasalgan uylar vayron bo'lganligi uchun butun Ittifoqdan kelgan quruvchilar yordamida ko'p qavatli zamonaviy uylar qurilgan. 3,5 yil ichida qaytatdan qurilgan Toshkent, yangi qurilgan uylar sharofati bilan qariyb ikki barobat kattalashib, 1970 yildayoq Sovet Ittifoqidagi eng yirik shaharlardan biriga aylandi

Eski uylarni qaytatdan tiklash bilan birga Toshkentning yon atrofidagi bo'sh joylarda ham yangi uylar qurila boshlagan. Toshkentning Chilonzor tumani 1996 yilgi zilziladan so'ng olib borilgan ommaviy qurilish natijasida barpo etilgan.

Toshkentni qaytatdan qurish ishlarida qatnashgan odamlarning sharafiga shahar markazida "Jasorat" haykali o'rnatilgan.

Toshkent seysmik faol joyda joylashgan. O‘zbekiston seysmologiya instituti rahbari zilzilashunos olim, akademik Qahhorboy Abdullabekovning eslashicha, 1966 yildan keyingi 3 yil yil mobaynida zilzila 1100 marta takrorlangan. 7 ballga yetgan zilzilalar 1966 yilning 9 va 24 may, 5 va 29 iyun, 4 iyul va 1967 yilning 24 martida qayd etilgan.
XS
SM
MD
LG