Линклар

Toshkent shahrining Do‘mbrobod mahallasidagi qabristonda ko‘p yillik daraxtlar kesilmoqda.

Bu haqda Toshkentdagi manbalarga tayanib Farg‘ona.ru agentligining xabar qilishicha, shu kunga qadar ko‘p yillik ulkan daraxtlarning aksariyat qismiga bolta solingan va ulkan daraxtlar qular ekan, ularning ostidagi qabrlarga ham shikast yetmoqda.

Agentlikka ko‘ra, o‘tgan yili shahardagi Minor qabristonida ham ko‘p yillik ulkan daraxtlar kesilgani kuzatilgan edi.

Agentlikning Toshkentdagi manbalari shahar bo‘ylab tanasidan yog‘ochsozlikda foydalanish mumkin bo‘lgan ko‘p chillik chinor, eman va qayrag‘och kesilayotgani, ular bilan yonma-yon turgan boshqa turdagi, mevali daraxtlar ko‘p yillik bo‘lishiga qaramay kesilmayotganiga e‘tibor qaratmoqda.
XS
SM
MD
LG