Линклар

logo-print
Ozodlikka qo‘ng‘iroq qilgan tinglovchilar Toshkentning Yunusobod tumanidagi oziq-ovqat bozori buzilayotganini ma‘lum qildi.

Bu bozorning qayerga ko‘chirilishi hozircha ma‘lum emas.

Ba‘zilar bu bozor xalqa yo‘l tashqarisiga ko‘chirilishi mumkinligini aytmoqda.

14 martdan boshlab Toshkent shahrining Navoiy ko‘chasida joylashgan uy jihozlari, maishiy va ofis texnikalari bilan savdo qiluvchi do‘konlar rastasi buzila boshlangan edi.

Savdogarlarning Ozodlikka aytishlaricha¸ ularga sobiq Malika fabrikasi o‘rnida qurilgan savdo do‘konlaridan joy ajratilgan.
XS
SM
MD
LG