Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:46

“Toza din”chilar turkiyalik jurnalist himoyasiga chiqdi


2009 yildan beri Bishkekda yashab kelayotgan turkiyalik jurnalist Ali Usmon Zor o‘z vatanida xalqaro terrorchi guruhga aloqadorlikda va Istanbulda 22 kishining hayotiga zomin bo‘lgan terrorchilik harakatini uyushtirganlikda ayblanadi.
2009 yildan beri Bishkekda yashab kelayotgan turkiyalik jurnalist Ali Usmon Zor o‘z vatanida xalqaro terrorchi guruhga aloqadorlikda va Istanbulda 22 kishining hayotiga zomin bo‘lgan terrorchilik harakatini uyushtirganlikda ayblanadi.
Qirg‘izistondagi ayrim nodavlat tashkilotlari terrorchilikda ayblanib Bishkekda hibsga olingan turkiyalik Ali Usmon Zorning ozod etilishini talab qilishmoqda.

12 may kuni matbuot anjumani o‘tkazgan nodavlat tashkilotlari vakillariga ko‘ra, Ali Usmon Zor Turkiyada hur fikrliligi uchun ta‘qibga olingan jurnalistlardan biridir va uning terrorchi guruhlarga aloqasi yo‘q.

Bishkekda yashayotgan turkiyalik jurnalist Ali Usmon Zor Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan 2 may kuni hibs qilingan. Ammo rasmiylar bu haqda faqat 11 may kuni ma‘lumot tarqatdi.

- Turkiya Adliya vazirligi Ali Usmon Zorni qo‘lga olish borasida iltimosnoma jo‘natgan. Mana shu asosda Milliy xavfsizlik xizmati uni qo‘lga olgan. Bishkekning Birinchi may tuman sudi uni bir oy muddatga, ya‘ni 2 iyungacha hibsda saqlash to‘g‘risida qaror chiqargan. Hozir Ali Usmon Zor Milliy xavfsizlik xizmati tergov hibsxonasida saqlanmoqda, - dedi Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi rasmiysi Tilek Mirzaqulov.

2009 yildan beri Bishkekda yashab kelayotgan turkiyalik jurnalist Ali Usmon Zor o‘z vatanida xalqaro terrorchi guruhga aloqadorlikda va Istanbulda 22 kishining hayotiga zomin bo‘lgan terrorchilik harakatini uyushtirganlikda ayblanadi. Turkiya tomonining bildirishicha, Ali Usmon Zor ta‘qiqlangan “Buyuk islom sharqi jangchilari jabhasi” tashkilotining a‘zosi. Turkiyada Ali Usmon Zor terrorchilik harakatiga aloqadorlikda ayblanib, 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Biroq 12 may kuni Bishkekda matbuot anjumani o‘tkazgan “Toza din” va “Qirg‘iz xalq botirlari” nodavlat tashkilotlari vakillari Ali Usmon Zor Turkiyada hur fikrli jurnalist bo‘lgani uchungina ta‘qib qilinmoqda, deb hisoblaydilar.

- Jurnalistga qarshi jinoyat ishi soxtalashtirilgan. Uni 1998 yilda Turkiyada go‘yoki sudlashgan. Aslida esa Ali Usmon Zorga nisbatan mahkama jarayoni o‘tkazilmagan. Uni 7 yil qamoqda saqlashgan va oxir-oqibat uning ayblari isbotlanmagin uchun qamoqdan ozod qilishga majbur bo‘lishgan. Shundan so‘ng ham u Turkiyada o‘z faoliyatini davom ettirgan. Ammo o‘ziga nisbatan ta‘qiblar kuchayib ketgach, 2009 yilda Turkiyani tark etib, Qirg‘izistondan boshpana topgan, - dedi “Toza din” tashkiloti rahbari Sobirjon Mambetov.

“Toza din” va “Qirg‘iz xalq botirlari” nodavlat tashkilotlari Qirg‘iziston hukumatiga Ali Usmon Zorning ozod etilishini talab qilib murojaat yo‘lladi. Bu murojaatga Turkiyaning Istanbul, Adana, G‘aziantep, Onado‘li advokatlik byurolari, “Akademiya”, “Ilma”, “Baran” jurnallari xodimlari ham imzo chekishgan.

Murojaatga imzo chekkanlar Ali Usmon Zor Turkiyaga qaytarilsa, u o‘z mamlakatida vijdon tutquniga aylanishi mumkinligidan tashvish bildirganlar.

Biroq Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi rasmiysi Tilek Mirzaqulov Ali Usmon Zor 2010 yilning 15 iyunida Mehnat va migratsiya vazirligida boshpana izlovchi shaxs sifatida ro‘yxatga olingani, shuning uchun jurnalist hozircha Turkiyaga qaytarilmasligini aytdi:

- Agar qochqinlik maqomi kutilayotgan bo‘lsa, Ali Usmon Zorni Turkiyaga qaytara olmaymiz. Chunki qochqinlik so‘rash, boshpana izlash Ali Usmon Zorning qonuniy huquqi. Biroq so‘nggi paytlarda jinoyatchilar o‘z mamlakatlarida jinoyat sodir etib, Qirg‘izistondan boshpana so‘rab kelishni urfga aylantirib olishdi. Bizning iltimosimiz bilan Mehnat va migratsiya vazirligi bu jinoyatchilarga qochqinlik maqomini bergan emas, - dedi Tilek Mirzaqulov.

Turkiyalik jurnalist Ali Usmon Zor 1968 yilda tug‘ilgan. U Turkiyada bir qator muxolif nashrlarga asos solgani va Turkiya hukumatini qattiq tanqid qilib kelgani aytiladi.
XS
SM
MD
LG