Линклар

Buyuk Britaniyaning Maxsus aviatsiya xizmati tarkibiga kiruvchi maxsus topshiriqlar bajaruvchi jangchilari Tripoli hukumatining qulashiga olib kelgan harakatlarni muvofiqlashtirishda asosiy rolni o‘ynagan.

Bu haqda Buyuk Britaniyaning nufuzli nashrlari biri bo‘lgan "Daily Telegraph" xabar tarqatdi.

“Harbiy manbalar birinchi marta SAS (Maxsus aviatsiya xizmati – tahr.) Liviyada bir necha haftadan buyon yurganini hamda (bo‘linma) Tripoli hukumatining qulashiga sabab bo‘lgan xatti-harakatlarni muvofiqlashtirishda asosiy rol o‘ynaganini tasdiqladilar”, - deb yozadi "Daily Telegraph".

Maqolada qayd etilishicha, Tripolini ishg‘ol qilish bo‘yicha amaliyotda britaniyalik maxsus topshiriq bajaruvchi jangchilar ishtirok etishi haqidagi buyruqni Bosh vazir Devid Kemeron bergan.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, SASning 22-polki jangchilari Tripolini ishg‘ol qilish amaliyotida ishtiroki maxfiy bo‘lgan – ularning arablar kabi kiyingani va qiyofasi bo‘yicha isyonchilardan mutlaqo farqlanmagani aytilmoqda.

Britaniya Maxsus aviatsiya xizmatining (SAS) maxsus topshiriqlar bajaruvchi jangchilar bo‘linmasi, ma‘lumotlarga ko‘ra, Ikkinchi Jahon urushi boshlarida "Who Dares Wins" (ayni tarjimasi “Kim jur‘atli bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi” – tahr.) shiori ostida tuzilgan.

Ko‘plab xalqaro amaliyotlarda ishtirok etishi qayd etilgan SAS to‘rt eskadrondan iborat bo‘lib, har bir eskadron o‘z shtabi va to‘rt bo‘linmasiga ega. Har bir bo‘linmada esa har birida to‘rt kishidan bo‘lgan to‘rtta qorovul guruhi (jami 16 kishi) bor va ular eskadronning asosiy jangari qanoti hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG