Линклар

Tunis sobiq prezidenti sirtdan sud qilinadi


Tunis sobiq Prezidenti Zayn al-Abidin Ben Ali rafiqasi Leyla bilan, Tunis, 2009 yil 11 oktabr

Tunis sobiq Prezidenti Zayn al-Abidin Ben Ali rafiqasi Leyla bilan, Tunis, 2009 yil 11 oktabr

14 yanvar kuni hokimiyatdan ag‘darilganidan so‘ng Saudiya Arabistoniga oilasi bilan qochib ketgan Tunis sobiq Prezidenti Zayn al-Abidin Ben Ali 20 iyundan boshlab sirtdan sud qilinadi.

Tunis Bosh vaziri vazifasini vaqtincha bajarayotgan Beji Kaid Sebsi Al-Jazira telekanaliga bergan intervyusida Ben Ali ham harbiy ham fuqarolik mahkamalarida sud qilinishini aytdi.

Tunis hukumati Ben Aliga qarshi qator rasmiy ayblovlar, jumladan, davlatga qarshi fitna uyushtirganlik, qatliom va giyohvand moddalar kontrabandasi kabi jinoyatlar bo‘yicha rasmiy ayblovlar tayyorlab kelayotgan edi.

Xabarlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Tunisni 23 yil boshqargan sobiq diktator Ben Ali va rafiqasini Vataniga ekstraditsiya qilish haqidagi so‘rovga hozircha javob bermagan.
XS
SM
MD
LG