Линклар

Turkiston legioni - asirlarni o‘limdan saqlagan imkon


Turkiston legionerlarining maqsadi vatanlarini kommunistik tuzumdan ozod qilish edi.

Turkiston legionerlarining maqsadi vatanlarini kommunistik tuzumdan ozod qilish edi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishganiga yigirma yil bo‘lganiga qaramay, mamlakatda hamon Turkiston legioni tarixini o‘rganish ishi oqsamoqda.

O‘zbekistonda 9 may G‘alaba kuni deb emas, balki Xotira va qadrlash kuni deya nishonlanadi.

Xotira va qadrlash ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tegishli ma‘raka ekani aytiladi. Shu ma‘noda front chizig‘ining u tarafida turib jang qilgan o‘zbeklar, xususan, Turkiston legioni askarlarini ham xotirlash xayrli ishdir.

Sobiq Ittifoq davrida Turkiston legioni to‘g‘risida gapirish taqiqlangan, uning qatnashchilariga esa vatan xoinlari tamg‘asi bosilgan edi. Hozir ham bu legion tarixini xolis o‘rganish masalasi hal bo‘lgani yo‘q.

Bu legion Ikkinchi jahon urushi yillarida Germaniyada Mustafo Cho‘qay, Boymirza Hayit, Vali Qayumxon, Ro‘zi Nazar kabi bir guruh turkistonlik ziyolilar tomonidan urushda asirga tushgan turkistonliklardan tuzilgandi.

Mustafo Cho'qay
Germaniya qo‘mondonligi tarkibida shunday legion tuzish taklifini sobiq Turkiston muxtoriyati rahbari Mustafo Cho‘qay bergan edi.

Mustafo Cho‘qay Gitlerning yovuz siyosatidan ezgu ishda foydalanishga uringan. U 1939 yilda Gestapo qo‘liga tushgan va qanchadan-qancha chig‘iriqlardan o‘tib, shaxsan fyurer bilan mana shu legionni tuzish haqida kelishuvga erishgan.

Bu kelishuvga muvofiq O‘rta Osiyoga fashistlar emas, Turkiston legioni askarlari kirishi va alohida davlat qurishi lozim edi.

Marhum shoir Rauf Parfi tirik ligida “Ozodlik” muxbiri bilan suhbatlashar ekan, mazkur legionni tuzish harakatlari millat ziyolilarining Turkiston birligi, mustaqilligi uchun kurashining davomi bo‘lganini ta‘kidlagandi.

- Legion rahbarlari Turkiston xalqlarini fashizm balosidan qutqarib qolish yo‘llarini izlagan. Turkiston muxtoriyati fojeasidan keyingi bu harakatlarni uyg‘ongan ziyolilarning chet eldagi olijanob ishlaridan biri, deyish mumkin, - degandi Rauf Parfi.

Mustafo Cho‘qay legionga rahbarlik qilgan yillarda fashistlarga asirga tushgan 260 ming turkistonlikning hayotini saqlab qolganining o‘ziyoq tahsinga loyiqligi aytiladi.

Turkiston legioni belgilari.
Turkiston legioni bayrog'i.
XS
SM
MD
LG