Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:24

Turkiya Oliy sudi O‘rxon Pamukni aybdor deb topdi


Turkiya Oliy sudi taniqli yozuvchi, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi O‘rxon Pamukni “turk xalqini haqorat qilganlik” va “shaxs haqlarini buzganlik”da aybdor deb topdi.

Sud qaroriga ko‘ra, endi Pamuk 6 ming lira (taxminan 4 ming AQSh dollari) miqdorida jarima puli to‘lashi kerak.

Pamuk Shvyeysariyada chiqadigan gazetaga “Turkiyada 1 million armani va 30 ming kurd o‘ldirilgan. Buni faqat men aytishga jur‘at etyapman” degan.

Uning bu gaplari Turkiyada qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan va ko‘pchilik uni “xoinlik”da ayblagan.

Turk millatchilari va kurd jangarilariga qarshi harbiy amaliëtlarda o‘ldirilgan to‘rt askraning oilasi 2006 yilda Pamukni turk millatini haqorat qilganlikda ayblab sudga murojaat qilgan edi.

Istanbul sudi ularning shikoyatini ko‘rishdan bosh tortgach¸ millatchilar sud qarori yuzasidan yuqori instansiyaga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan edi.
XS
SM
MD
LG