Линклар

Turkiyada o‘tkazilgan parlament saylovida hukmron partiya uchinchi marta g‘alabaga erishdi.

Biroq dastlabki natijalarga ko‘ra, Bosh vazir Rajab Toyyib Erdo‘g‘on yetakchiligidagi Adolat va taraqqiyot partiyasi konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun parlamentdagi uchdan ikki o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘lmadi.

Shu bois hukmron partiya o‘ziga ittifoqchi izlashiga to‘g‘ri kelishi aytilmoqda.

Ovozlarning 99 foizidan ortig‘i sanab bo‘linganida, TRT televideniyesi xabariga ko‘ra, Erdo‘g‘onning partiyasi saylovchilarning 50 foiz ovozini olgani, Respublikachi xalq partiyasi 26 foiz va Millatchi harakat partiyasi 13 foiz ovoz olgani ma‘lum bo‘ldi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, Turkiyadagi hukmron partiya 550 o‘rinli parlamentda 326 ta o‘rinni egallaydi.
XS
SM
MD
LG