Линклар

logo-print
Turkmanistonda maktab o‘qituvchilari va univyersitet talabalariga yangi cheklovlar qo‘yildi. Endi talabalar 23:00 da uyquga yotishlari kerak.

O‘tkan haftada Turkmaniston hukumati o‘rta maktab va oliygohlar ustidan nazoratni yanada kuchaytirdi, deb xabar qiladi Ozodlikning turkman xizmati.

Endilikda Turkmaniston o‘rta maktablari o‘qituvchilari o‘zlarining o‘quv soatlaridan qat‘iy nazar, har maktab kunlari soat ertalabki 8:00 dan to kechki 16:00 gacha maktabda bo‘lishlari kerak.

Univyersitet talabalari bo‘lsa, kechki soat 18:00 gacha oliygoh binosini tark eta olmaydilar. Yotoqxonada yashovchi talabalar esa, kechki soat 23:00 gacha o‘z o‘rinlarida bo‘lib, uyquga ketishlari kerak. Ularga 23:00dan keyin o‘z uy ishlarini qilish ham ma‘n etilgan.
O'zbek talabalarining erkinligi timsoliga aylangan videoni tomosha qilishni unutmang.

Ayni cheklovlar sababi xozircha ko‘rsatilgani yo‘q. Bu Tunis, Misr va Liviyada bo‘layotgan voqealarga javoban mamlakatda bo‘layotgan siyosiy o‘zgarishlarmi yoki shu oyning boshida Ashxoboddagi politexnika institutida bo‘lib o‘tgan kabi qonli voqealarni oldini olish uchun qilingan amallarmi hamon noaniqligicha qolmoqda.

O‘shanda institut talabalari, uch bola va uch qiz ishtirokida o‘tgan kechki bazmdan so‘ng bir qiz o‘ldirilgan, ikkinchisi jarohatlangandi.

Bu voqeadan so‘ng prezident Gurbanguli Berdimuxammedov ilm va maorif ishlari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari bilan birga institutning bir qator yuqori lavozimdagi hodimlarini ishdan bo‘shatgan edi.

Ayni paytda, birovlari shu institut talabasi bo‘lgan ikki pop qo‘shiqchilari Maksat Kakabayev va Murat Avyezovlar Turkiyaning TVM musiqiy kanali orqali g‘arb uslubida qo‘shiq kuylaganlari uchun qo‘lga olindi.

Avvaliga bu ikki pop musaqachiga madaniyat va teleradioeshittirish vazirligiga chaqirtirilib, boshqa xorij ommaviy axborot vositalaridan chiqmaslik talabi qo‘yilgandi. Ammo keyinchalik milliy xavfsizlik hodimlari tomonidan bu ikki qo‘shiqchi qo‘lga olindi. Xozirgi kungacha ularga qarshi qanday ayblovlar qo‘yilayotgani noma‘lum.

Bugungi kunda Kakabayev Ashxobod sharqidan 40 km uzoqlikda joylashgan Yashlik mahbuslarni ushlab turish joyida saqlanmoqda. Ma‘lumotlarga ko‘ra u kaltaklangan. Ovyezovni bo‘lsa Mari viloyatining Xangovuz rayonida joylashgan qamoqxonaga jo‘natilgan.

Turkman kollej va oliygohlarida talabalarga xorij ommaviy axborot vostalarida ko‘rinish, ta‘tilda mamlakatni tark etish, avtomobil haydash va oliygoh binosi ichida qo‘l telefonidan foydalanish umuman ta‘qiqlangan.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG