Линклар

Turkmaniston ma‘murlari O‘zbekiston bilan chegara chizig‘iga yaqin xususiy uylardan aholini ommaviy ravishda ko‘chirmoqda va uysiz qolganlar turar-joy bilan ta‘minlanmayapti.

Regnum axborot agentligining xabar qilishicha, Toshovuz viloyati, Taxta tumanidagi Beshyillik qishlog‘ida shu kungacha 107 ta uy buzilgan.

Agentlik chegara chizig‘idagi uylarning buzilish sabablari to‘g‘risida mahalliy aholi vakillari va tahlilchilar fikrlarini keltirgan.

Ba‘zilar uylar buzilishini Turkmanistonga O‘zbekistondan narkotik moddalar oqimini to‘xtatish zarurati bilan izohlasa, boshqalar Turkmanistondan O‘zbekistonga arzon benzin kontrabandasiga chek qo‘yish zarurati bilan izohlagan.

Mahalliy aholi fikricha esa, Ashxabodning uylarni buzishdan maqsadi turkmanistonlik o‘zbeklar ustidan nazoratni yanada kuchaytirishdir.
XS
SM
MD
LG