Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:39

Turkmaniston otlarining go‘zallik konkursi bo‘ladi


Turkmaniston rahbari zotdor otlar go‘zallik konkursini o‘tkazishga buyruq berdi.

Prezident G‘urbang‘uli Berdimuhammedov qadimiy Axal-teke otlarining milliy go‘zallik konkursi har yili aprel oyida o‘tkazilishi kerakligini aytdi.

Qator davlatlar rahbarlariga sovg‘a sifatida tortiq qilib kelingan Axal-teke otlari Turkmaniston milliy gerbi markazida aks etgan.

Turkmanistonning marhum prezidenti Saparmurod Niyozov 2004 yili zotdor otlar uchun mo‘ljallangan suzish havzasi, tibbiy xizmat ko‘rsatish joylari bo‘lgan 20 mln dollarlik dam olish markazini ochganida hamma xayratda qolgan edi.
XS
SM
MD
LG