Линклар

logo-print
Turkmanistondagi axborot vositalari mamlakatda prezident saylovi to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilinganini e‘lon qildi.

Yangi qonunda prezidentlikka nomzod siyosiy partiya tomonidan ilgari surilishi yoki nomzodlikka ro‘yxatdan o‘tish uchun 50 mingta imzo to‘plashi kerakligi nazarda tutilgan.

Faqat bitta siyosiy partiya, ya‘ni, Turkmaniston demokratik partiyasi ro‘yxatga olingan bu respublikani 2007 yildan beri Qurbonquli Berdimuhammedov boshqarib keladi.

Prezident saylovi haqida yangi qonunning e‘lon qilinishi Turkmanistonda 2012 yilga belgilangan saylov o‘tkazilishiga ishora bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

1992 yilda Turkmaniston prezidenti etib saylangan Saparmurod Niyozov 2006 yil dekabr oyida vafot etguniga qadar saylovsiz mamlakatni boshqarib kelgan edi.

Prezident saylovi to‘g‘risidagi yangi qonun Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Litva Tashqi ishlar vaziri Audronius Azubalis Turkmanistonga kelishidan bir kun oldin e‘lon qilindi.
XS
SM
MD
LG