Линклар

Turkmanistonning Obodon shahridagi harbiy omborda ro‘y bergan portlash mahalliy aholi ommaviy evakuatsiyasiga sabab bo‘ldi va atrofdagi binolarga jiddiy shikast yetkazdi.
Ozodlik manbalarining ma‘lum qilishicha, birinchi portlashning kuchi ombor yaqinidagi uylar va boshqa binolarga shikast yetkazgan.
Obodon 50 ming aholisi bor, poytaxt Ashxoboddan 20 kilometr g‘arbda joylashgan shahardir.
Manbalarning aytishicha, portlash oqibatida askarlar va shahar ahli orasida jarohatlanganlar bor.
Guvohlarga ko‘ra, voqea joyiga harbiylar, politsiya va o‘t o‘chiruvchi birgadalar yetib kelgan, lekin omborda portlashlar hamon davom etmoqda.
Minglab odamlar shahardan olib chiqilayotgani aytilmoqda. Shuningdek portalshdan xosil bo‘lgan qora tutun Ashxoboddan ko‘rinib turgani ham xabar qilinmoqda.
Turkmaniston rasmiylari omborda feyervyerklar uchun ishlatiladigan pirotexnika vositalari portlaganini bayon qildi.
Obodondagi harbiy ombor Turkmanistonda eng yirik hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG