Линклар

Twitter jurnalistlar uchun qo'llanma chop etdi


"Yosh to'lqin" yoshlar loyihasi tahririyati ham Twitter mikroblog xizmatidan faol foydalanadi. Bizing Twitterda @yoshtolqin orqali kuzatib boring.

"Yosh to'lqin" yoshlar loyihasi tahririyati ham Twitter mikroblog xizmatidan faol foydalanadi. Bizing Twitterda @yoshtolqin orqali kuzatib boring.

Twitter mikroblog xizmati ko'pchilik uchun, hususan jurnalistlar uchun juda qulay ish quroliga aylangani sir emas. Buni sezgan holda, Twitter ma'muriyati atayin jurnalistlar uchun mikroblog xizmatidan professional faoliyatida unumli foydalanish usullarini o'rgatuvchi qo'llanma chop etdi.

Qo'llanma "Twitter yangiliklar xizmati uchun" deb nomlanib, unda mikroblog xizmati bilan faol foydalanayotganlar uchun hech qanday yangilik yo'q. U asosan Twitter xizmatiga yangi qo'shilganlar uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada mikrobloglarda qanday xabarlar yozish, boshqa foydalanuvchilar bilan muloqotda bo'lish, yangiliklar yaratishda va ularni keng ommaga tarqatishda mikroblogdan unumli foydalanish yo'llarini o'rgatadi.

Twitter chop etgan qo'llanma hech qanday yangilikni taqdim etmasa-da, mikroblog ma'muriyatining bu ishi internetdagi ijtimoiy tarmoqlarning yangiliklar yaratish va ularni tarqatish jarayoniga chindan ham ulkan ta'sir ko'rsatayotganiga dalil bo'ladi.

Eslatamiz, bundan bir necha xafta oldin internetdagi eng katta ijtimoiy tarmoq Facebook sayti ham "Facebook jurnalisrlar uchun" deya nomlangan sahifa ochgan edi. Sahifada Faecbook ma'muriyati jurnalistlar professional faoliyatida ijtimoiy tarmoqdan qanday unumli foydalanish imkoniyatlari haqida ma'lumot beradi.

Afsuski, O'zbekistonda yuqorida aytilgan ikkala ijtimoiy tarmoq ham keng tarqalmagan. 700 milliondan ziyod foydalanuvchiga ega Facebook sayti bergan so'ngi statistik ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston ichida atigi 82 ming Facebookchi bor holos. Twitterda qancha o'zbekistonlik borligini haqida ochiq ma'lumot yo'q. Biroq "Yosh to'lqin" tahririyatining kuzatuvlariga asoslanib yozadigan bo'lsak, Twitterdagi faol o'zbekistonliklarning soni atigi 1000-1500 kishidir.

Shunday ekan, na "Twitter yangiliklar xizmati uchun" na "Facebook jurnalistlar uchun" qo'llanmalari o'zbekistonlik jurnalistlarning professional faoliyatiga katta ta'sir o'tkaza oladi. Balkim bunga ozgina vaqt kerakdri. Nima deysiz, aziz mushtariy?
XS
SM
MD
LG