Линклар

logo-print

"Uch kampirim ham juda inoq yashaydi"


Rus rassomi Mixail Zlatkovskiy "G‘oyalar - hayotga!" nomli karikaturasi bilan Checheniston Prezidenit Ramzan Qodirovning respublikda ko‘p xotinlilikni joriy etish g‘oyasini hajv qilgan.

Rus rassomi Mixail Zlatkovskiy "G‘oyalar - hayotga!" nomli karikaturasi bilan Checheniston Prezidenit Ramzan Qodirovning respublikda ko‘p xotinlilikni joriy etish g‘oyasini hajv qilgan.

O‘zbekistonda qo‘shxotinlikning bekor qilinganiga 90 yil bo‘ldi. Turkiston Avtonom Sovyet Sotsialistik respublikasi Markaziy qo‘mitasi 1921 yilning 14 iyunida qo‘pxotinlilik va kelinga qalin to‘lashni ta‘qiqlash haqida dekret qabul qilgan edi.

Bu ta‘qiqlar keyinchalik ittifoqdosh respublikalar, jumladan O‘zbekiston respublikasining qonunchiligida ham belgilab qo‘yildi.

Mustaqil O‘zbekiston qonunchiligi ham fuqarolarning monogamiya qoidalariga rioya qilishini ta‘minlashi lozim va qo‘shxotinli shaxs qonun tomonidan ta‘qib qilinishi ko‘zda tutilgan.

Lekin Sovyet O‘zbekistonida "o‘ziga to‘q" o‘zbeklar bittadan ortiq xotinga (qonundan tashqari albatta) "qurbi yetgani" kabi, mustaqil O‘zbekistonda ham monogamiya to‘g‘risidagi qonunni aldayotganlar talaygina, to‘g‘rirog‘i ularning soni yanada ko‘payganini aytish mumkin.

Ikkinchi yoki uchinchi xotinli bo‘lish bugungi kunda davlat amaldorlari va uddaburon tadbirkorlar orasida ko‘proq uchraydi. Xullas yana o‘sha "o‘ziga to‘q"lar. Toshkentliklar orasida bunday erlarni "chorshanbalik" yoki "yakshanbalik" er deb atalishi haqida gaplar bor.

Lekin "oddiyroq" o‘zbeklar orasida ham bittadan ortiq zavjai muhtaramasi borlar yo‘q, deb bo‘lmaydi.

Ozodlikning suhbatdoshi, Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi Arabxona qishlog‘ida yashovchi Rahmonqul bobo Haydarov ana shunday o‘zbeklardan biri. U kishining esa uch xotini bor. Rahmonqul boboning antiqaligi uchchala xotiniga sobiq ittifoq davrida uylanganidadir.

92 yoshli Rahmonqul bobo uchchala xotini bilan inoqlikda yashayotgani, buning siri esa ularning har biriga nisbatan bir xilda, adolatli munosbatda bo‘lishda ekanligini aytadi.

Quyida Rahmonqul bobo bilan suhbatni tinglang.

XS
SM
MD
LG