Линклар

Xalqaro savdo bo‘yicha idoralararo komissiya Ukraina hukumatiga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni Ukrainaga import qilishga kvota belgilashni tavsiya qildi.

UNIAN axborot agentligi xabariga ko‘ra, shu masalani muhokama qilgan komissiya xulosasiga ko‘ra¸ O‘zbekiston tomoni o‘zida ishlab chiqarilgan, Rossiya Federatsiyasi va uchinchi davlatlar, jumladan, Ukrainada ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar uchun aksiz solig‘i midorini har xil belgilagan.

Ukrainaning Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi ma‘lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Rossiyadan import qilingan avtomobil uchun 5 foiz aksiz solig‘i belgilagan.

Ukrainadan import qilingan avtomobilning aksiz solig‘i Rossiyanikiga qaraganda 14 marta ko‘p, ya‘ni, 69,9 foizni tashkil qiladi.

Ukraina esa O‘zbekistondan import qilingan avtomobilga 29 foiz aksiz solig‘i belgilagan.

O‘zbekiston Ukrainaga Neksiya va Matiz rusumidagi avtomobillar eksport qiladi.
XS
SM
MD
LG