Линклар

logo-print
Kecha Kiyev shahrida o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Ukraina termasiga 2:0 hisobi bilan mag'lub bo'ldi.

O'yinning birinchi yarmida ikkala jamoa ham teng kurash ko'rsatgan bo'lsada, jamoalar tanaffusga 0:0 hisobi bilan chiqib ketishdi. O'yinning ikkinchi yarmi ukrainaliklarning yaqqol ustunligi ostida o'tdi.

O'yinning 54-daqiqasida Bayerning "Myunxen" klubi yarim himoyachisi Anatoliy Timoshuk O'zbekiston jarima maydonchasi chetidan bergan kuchli zarbasi gol bilan yakunladi. Hisob 1:0.

Oradan ko'p o'tmasdan, o'yinning 59-daqiqasida, ukrainalik Oleg Gusev standart holatdan bergan zarbasi Nesterov qo'riqlayotgan darvoza to'siniga tegib maydonga qaytdi. Biroq hujumchi Andrey Voronin qaytib kelgan to'pni jarima maydonidan turib bergan zarbasi bilan Nesterov darvozasiga yo'lladi. 2:0 hisobi o'yin yakunigacha o'zgargani yo'q.



O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Ukrainaga qarshi o'yindan so'ng bergan matbuot anjumanida mag'lubiyat sabablarini sanab o'tdi:

- Kelgusi o'yinda biz asosan Koreyaga to'p surayotgan legionerlarimizdan foydalanamiz. Xitoyga qarshi o'yinda Maksim Shatskix va Rossiya premyer-lugasida o'ynayotgan legionerlarimiz maydonda tushishmaydi. Terma jamoamiz kuzgacha juda yaxhshi tayyorgarlik ko'rishi kerak... Biz Kiyevga kecha kechqurun uchib kelganimiz sabab hatto o'yin oldidan mashg'ulot o'tkazishga ulgurmadik, dedi Abramov.

Murabbiy Vadim Abramov shogirdlarining ukrainaliklarga qarshi o'tkazgan o'yini 2014 yilga belgilangan Jahon chempionatiga saralash o'yinlari oldidan o'tkaziladigan ikki o'rtoqlish uchrashuvuning birinchisi edi. Ikkinchi o'qtoqlik uchrashuv 5 iyun kuni Pekin shahrida Xitoy terma jamoasiga qarshi o'tadi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG