Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:46

O‘DF: Tangriyev muxlislaridan uzr so‘raydi


Uzbekistan - Abdullo Tangriev, Uzbek judoka. He won a silver medal in the +100 kg category of the 2008 Olympic Games, and won a gold medal in World championship in 2011 in Tyumen, Russia, undated
Uzbekistan - Abdullo Tangriev, Uzbek judoka. He won a silver medal in the +100 kg category of the 2008 Olympic Games, and won a gold medal in World championship in 2011 in Tyumen, Russia, undated
O‘zbekiston Dzyudo federatsiyasi mashhur dzyudochi va kurashchi Abdulla Tangriyevning London olimpiadasiga qatnasha olmasligini, bunga uning qonida nasha asoratlari topilgani sabab bo‘lganini rasman tasdiqladi.

Federatsiya xabarida Tangriyev o‘z muxlislari ishonchini oqlayolmagani uchun ulardan uzr so‘ragani aytiladi.

O‘zbekistonlik dzyudochi London Olimpiadasi medaliga asosiy da‘vogarlardan biri deb qaralayotgan edi.

Dzyudo bo‘yicha o‘tgan yili jahon chempioniga aylangan Tangriyev 2008 yili Pekinda o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi. U Osiyo chempionatlarida ham besh marta g‘alaba qozongan.

Abdulla Tangriyevning ikki hafta keyin Londonda boshlanadigan Olimpiada o‘yinlaridagina emas¸ balki ikki yil davomida sport musobaqalarida qatnashishi ham taqiqlangan.
XS
SM
MD
LG