Линклар

logo-print

Umida Ahmedova shogirdlari fotoko‘rgazmasi


Asosan O‘zbekiston manzaralarini tasvirga tushirgani uchun Umida Ahmedova o‘tgan yili rasmiylar tomonidan "tuhmat"da ayblangan edi.

Asosan O‘zbekiston manzaralarini tasvirga tushirgani uchun Umida Ahmedova o‘tgan yili rasmiylar tomonidan "tuhmat"da ayblangan edi.

Toshkentdagi xususiy galereyalardan birida ochilgan o‘zbekistonlik taniqli fotograf va kinotasvirchi Umida Ahmedova shogirdlarining fotoko‘rgazmasi rasmiylar tomonidan yopib qo‘yildi.

Ammo, Toshkentdagi ko‘rgazmada Umida Ahmedova shogirdlarining fotosuratlari atiga bir yarim kun turdi. Ko‘rgazma haqida xabar topgan hukumat rasmiylari buyrug‘i bilan ular olib tashlandi.

- Kecha ertalab turmush o‘rtog‘imga galereyadan telefon bo‘lib, haqoratlar, janjal, to‘polon. Xuddi bir joyga o‘t tushganday. Tinchlikmi desa, haligi galereyaning boshlig‘i “Senlar vistavka qildilaring biz baloga qoldik”, deb yomon haqorat qildi mening turmush o‘rtog‘imni. Rasmlarni olib tashlabdi, ko‘rgazma bir yarim kun turdi. Biz ham hayronmiz, hech narsani tushuntirishmadi,- deydi Ahmedova.

“Tuhmat qilish oson” deb nomlangan ko‘rgazmada Vladimir Andronov, Yekaterina Gulinyuk, Darya Zdorichenko, Hamdam Otajonov, Iroda Karimova va Svyetlana Faxrutdinovalarning foto asarlari namoyish etildi.



O‘tgan yil Umida Ahmedova O‘zbekiston jinoyat kodeksining "Tuhmat" va "Haqorat" bandlari bilan ayblangan.

O‘zbek rasmiylari mahalliy ekspertlarning xulosalariga tayanib, Umida Ahmedovaning asarlarida milliy zehniyat va an‘analarning haqoratlanganini da‘vo qilib chiqishgan edi.

Ammo ijodkor bu ayblarni "bema‘ni" deb hisoblaydi va o‘z shogirdlari ko‘rgazmasi “Tuhmat qilish oson” deb nomlangani shu bilan bog‘liq ekanini aytadi.

- Oddiy odamlarning oddiy baxtliligini suratga olsangda, “Sen nimaga buni olding?” deb, sal bo‘lmasa qamab qo‘yishgacha borishdi. Bu nima degan narsa? Mening o‘quvchilarim bo‘lgani uchun ko‘rgazmani shunday deb qo‘yaqoldik,- deydi Umida Ahmedova.

Ayni paytda O‘zbekiston prezidenti to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli “Fond Forum” mamlakat mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlab fransuz, italyan va o‘zbek fotograf va dizaynerlari asarlari jamlangan kitob shaklidagi fotoalbom taqdimotiga taraddud ko‘rmoqda.

- Gulnora Karimovaning ham O‘zbekistonga bag‘ishlangan ko‘rgazmasi bo‘lar ekan. Biz sal odinroq qo‘yib yuboribmiz. Endi vatan haqida hammaning o‘z nuqtai nazari borda,- deydi o‘zbekistonlik fotograf Umida Ahmedova.

O‘zbekiston manzaralari rangin suratlari aks etgan kitob taqdimoti 22 avgust kuni Toshkentda Yoshlar ijodi saroyida bo‘ladi.
XS
SM
MD
LG