Линклар

"Universitet kelajagi O‘tunbayeva qo‘lida"


Jaloloboddagi Xalqlar do‘stligi univyersiteti iyun voqealari paytida kuydirib yuborilgan edi.

Jaloloboddagi Xalqlar do‘stligi univyersiteti iyun voqealari paytida kuydirib yuborilgan edi.

Jaloloboddagi Xalqlar do‘stligi univyersiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori Ozodbek Karomatov Ozodlik savollariga javob berdi.

Karomatov boshqarib kelgan o‘quv yurti 2010 yil iyun voqealari davomida yondirib yuborilgan. Bir necha oydan beri Qirg‘izistondan tashqarida qochqinlikda yashayotgan janob Karomatov bilan muxbirimiz O‘sh qirg‘inining 1 yilligi munosabati bilan suhbatlashdi.

Ayni paytda qirg‘iz siyosatchilari ayblab kelayotgan qirg‘izistonlik o‘zbek liderlari va umuman qirg‘izistonlik o‘zbek ziyolilari, Qodirjon Botirovni istisno qilganda, hanuzgacha matbuotdan uzoqroq turishga harakat qilmoqda. Buni ular Qirg‘izistonda qolgan qarindosh-urug‘lari hayotlariga tahdid mavjudligi bilan izohlamoqdalar.

Jalolobod viloyatining Suzoq tumanida 1964 yilda tug‘ilgan Ozodbek Karomatov O‘sh qirg‘inidan so‘ng matbuot bilan aloqaga chiqqan birinchi qirg‘izistonlik o‘zbek ziyolisidir. Qirg‘indan buyon qayta tiklanish u yoqda tursin, hatto kuyindilardan tozalanmay yotgan univyersitet rektori bilan o‘tkazilgan suhbatni to‘laligicha quyida tinglashingiz mumkin.

Rektor Karomatov bilan qariyb bir soat gaplashdik. Undan o‘zi haqda, u boshqargan univyersitetni kim qurgani to‘g‘risida, kimlar dars bergani, kimlar o‘qigani, univyersitetga kim va qachon hujum qilgani, o‘quv yurtining buguni va kelajagi to‘g‘risida va boshqa shu kabi masalalar yuzasidan batafsil javoblar oldik.

XS
SM
MD
LG