Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:55

2017-yil uchun "grin karta" natijalari e'lon qilindi


AQShga doimiy yashash uchun kelish imkoniyatini beruvchi «Turli millat vakillari uchun immigratsiya vizalari – DV» (Green Card) dasturiga hujjat topshirganlar bugundan boshlash arizalari natijasini bilishlari mumkin.

Buning uchun lotereya uchun tashkil etilgan maxsus saytga kirib, ariza topshirilgan payt berilgan tekshiruv raqamini kiritish kerak.

Davlat departamenti g'oliblarga hech qanday xabar yoki maktub jo'natmaydi. Sayt ariza natijalarini bilishning yagona yo'lidir.

Agar siz sayt orqali grin kartani yutganingiz haqidagi natijani ko'rsangiz, bundan keyin nima qilishingiz lozimligi to'g'risida ko'rsatma beriladi va shundan so'ng vizaga qanday hujjat topshirish bo'yicha email orqali ma'lumot olishingiz mumkin.

AQSh har yili dunyo bo'ylab turli davlatlar fuqarolari uchun 50 ming atrofida grin karta vizalarini taqdim etadi. O'zbekistondan bir yilda o'rtacha besh ming fuqaroga ana shunday viza yutug'i beriladi.

Dasturda qatnashish bepul bo'lib, internet orqali onlayn anketani to'ldirib topshirish talab qilinadi, xolos.

XS
SM
MD
LG