Линклар

logo-print
Al-Qoida yetakchisi Pokiston poytaxti yaqinidagi qishloqda AQSh maxsus kuchlari tomonidan yo‘q qilindi.

AQSh Prezidenti Barak Obama televideniyeda chiqish qilib, Usama bin Ladin Islomobod yaqinidagi Abbotobod qishlog‘idagi uylardan birida uning "buyrug‘iga ko‘ra, AQSh maxsus kuchlari o‘tkazgan operatsiya natijasida yo‘q qilingani"ni e‘lon qildi.

- Bin Ladinning o‘ldirlishi mamlakatimizning Al-Qoidani yo‘q qilishga qaratilgan urinishilarida shu paytgacha erishgan eng katta yutug‘i bo‘ldi. Biroq uning o‘limi bu urinishlarimiz yakunlanganini anglatmaydi. Al-Qoida bizga qarshi hujumlarni uyushtirish harakatlarini davom ettirishiga shubha yo‘q. Biz mamlakat ichkarisi va tashqarisida harakatlarimizni davom ettirishimiz shart va davom ettiramiz, dedi Obama.

AQSh yetakchisi maxsus amaliyotda Pokiston maxfiy xizmatlari hamkorlik qilganini qayd etdi.

Ma‘lum bo‘lishicha, 1 may kuni o‘tkazilgan operatsiya paytida otishma ro‘y bergan.

Obama, amaliyot paytida AQSh kuchlari yoxud tinch aholi orasida talafotlar bo‘lmaganini qo‘shimcha qildi.

AQSh kuchlari bin Ladin jasadini olib ketgan va undan olingan DNK na‘munalari uning birinchi raqamli terrorchiga tegishli ekanini tasdiqlagan.

Aytilishicha, prezident Obama mart va aprel oylarida Al-Qoida yetakchisini yo‘q qilish operatsiyasini rejalashtirish bo‘yicha xavsizlik kengashining bir nechta majlisida shaxsan ishtirok etgan. O‘tgan juma kuni Obama operatsiyani o‘tkazish uchun "yashil chiroq" bergan.

Usama bin Ladin yangi tarixdagi eng qonli xurujlar, jumladan 2001 yil 11 sentabr terror hujumini uyushtirgan.

Aamerikaliklar bin Ladinning o‘ldirilganini bayram qilmoqda. Oq Uy oldiga AQSh bayrog‘ini ko‘targan minglab odam to‘plandi.
XS
SM
MD
LG