Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:52

Usama bin Ladin sabog‘i


"Qurultoy"ning navbatdagi soni Usama bin Ladinning siyosiy sahnada qachon va nega paydo bo‘lganiga bag‘ishlandi.

Usama bin Ladin o‘lgani haqida xabar chiqar ekan "AQSh tarafidan birinchi raqamli terrorchi maqomi berilgan shaxs siyosiy sahnada qachon va nega paydo bo‘ldi?" degan savolga javob izladik.

Eng ko‘p tarqalgan iddaolarga ko‘ra¸ Usama bin Ladin Afg‘onistonni Sovyetlar ishg‘ol qilganida¸ Pentagon tarafidan qo‘llab-quvvatlangan shaxs bo‘lgan.

Sovyet ishg‘oli tugagach¸ bu jangari o‘ziga o‘rnatilgan quyushqondan chiqib dunyoga tahdid ostiga olgan terrorchi loyihalarga doya bo‘lgani aytiladi.

"Qurultoy" eshittirishida qatnashgan Erk lideri Muhammad Solih fikricha¸ Usama yaxshi niyatlarni qabih amallar vositasida ijobat qilmoqchi bo‘lgan ziddiyatli shaxs.

Eshittirishning yana bir ishtirokchisi pedagog olim Abdulla Abdurazzoqovga ko‘ra¸ Usama jaholatga qarshi terror bilan kurashgan jangari.

"Qurultoy" ishtirokchisi¸ arab dunyosidagi ziddiyatarni yaxshi bilgan Shohida yoqub nazarida¸ Usamaning niyati ham¸ kurash uslubi ham birday yomon bo‘lgan.

"Qurultoy"da qatnashgan sobiq diplomat Toshpo‘lat Yo‘ldoshev islom dunyosida boshqa g‘oyalar va o‘zga turmush tarziga toqatsizlik bo‘lar ekan yangi yangi Usamalar chiqish xavfi doimo mavjud degan fikrni izhor qildi.

Islom olami haqidagi tadqiqotlar muallifi Filipp Rouz¸ Usamaning o‘limi Al-Qoida tugaganligini anglatmaydi¸ degan fikrni ilgari surdi.

"Qurultoy" eshittirishini quyida tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG