Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:18

UZ domeni ochilganiga 16 yil to‘ldi


1995 yilning 29 aprelida AQSh ning Janubiy Kaliforniya shtatidagi Informatika instituti .UZ milliy domeni hududi ochish to‘g‘risidagi so‘rovni qabul qilgan va shu bilan O‘zbekistonning internetdagi milliy domeni tashkil topgan edi.

Gazeta.uz nashrining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy domenining 16-tug‘ilgan kuniga qadar jami 11 ming 900 domen ro‘yxatga olingan.

Bulardan 7 mingi yuridik tashkilotlar, 4 ming 800 esa jismoniy shaxslarga tegishli.

So‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, hozir O‘zbekistonda jami 7 yarim million internet foydalanuvchisi bor. Ularga 900 dan ortiq kompaniya xizmat ko‘rsatmoqda.
XS
SM
MD
LG