Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:36

"Paxtakor"ning mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi yoki futbol olami yangiliklari


O'zbekiston terma jamoasi, Qatar 2011
O'zbekiston terma jamoasi, Qatar 2011
O'tgan hafta O'zbekiston futboli uchun o'zgarishlar va yangiliklarga boy bo'ldi. Osiyo Futbol Deratsiyasidagi to'rt turnirga tashlangan qur'a natijalari, O'zbekistoning Oliy liga bahslari 4-tur o'yinlari va legionerlarimiz yutiqlari shulardandir.

Oliy liga yangiliklari


Milliy chempionatning 4-chi tur uchrashuvlari o'z nihoyasiga yetdi. Mezbonda Nasafga qarshi to'p surgan Paxtakor o'yinni durang (0:0) natijasi bilan yakunlab, o'z uyida o'tkazgan mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasini 78ga yetqazdi.

Oliy liganing 4-tur o'yinlari duranglarga boy bo'ldi. Milliy chempionat yetakchisi "Bunyodkor" mehmonda Farg'onaning "Neftchi" klubi bilan durang o'ynadi. O'yinda darvozalar ishg'ol etilmagancha qo'ldi. Zarafshonning "Qizilqum" klubi ham "Buxoro" klubi bilan 0:0, "So'gdiyona"si va "Olmaliq" 2:2 hisobi bilan o'yinni yakunlashdi.

4-turning eng qiziq o'yini Andijonda bo'ldi. Mehmonda o'ynagan "Andijon" klubi "anjancha" mehmondo'stlikni unutib, qashqadaryolik "Mash'al" klubi darvozasiga javobsiz to'rt gol kirgizishdi. Oliy liganing quyi o'rinlaridan joy olgan Guzarning "Sho'rtan" va Bekobodning "Metallurg" klublari o'rtasidagi o'yin ham gollarga boy bo'ldi. O'yin natijasi 2:3 Metallurg foydasiga. Milliy chempionatda ildam qadamlar bilan ketayotgan Namanganning "Navbahor" klubi mezbonda Samarqandning "Dimano"sini 1:0 xisobi bilan yengdi.

Oliy liganing 4-tur o'yinlaridan so'ngi ko'rinishi quyidagiday:

"Bunyodkor" (Toshkent) - 10 ochko
"Nasaf" (Qarshi) - 10 ochko
"Paxtakor" (Toshkent) - 10 ochko
"Buxoro" (Buxoro) - 8 ochko
"Andijon" (Andijon) - 7 ochko
"Navbahor" (Namangan) - 7 ochko
"Mash'al" (Muborak) - 6 ochko
"Neftchi" (Farg'ona) - 4 ochko
"Olmaliq" (Olmaliq) - 4 ochko
"Qizilqum" (Zarafshon) - 4 ochko
"Metallurg" (Bekobod) - 3 ochko
"So'g'diyona" (Jizzax) - 2 ochko
"Dinamo" (Samarqand) - 1 ochko
"Sho'rtan" (Guzar) - 1 ochko

Qur'a natijalari

30 mart kuni Kuala Lumpurdagi Osiyo Futbol Federatsiyasi bosh qarorgohida biramasiga to'rtta turnir bo'yicha qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qur'a natijalariga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi 2014 yili Braziliyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati saralash bosqichlarini ikkinchi raundida qo'shni Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi to'p suradi.

Eslatib o'tamiz, baland reyting tufayli O'zbekiston terma jamoasi birinchi bosqichdan ozod etilgan.

O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iziston termasiga qarshi Toshkentda 23 iyul, mehmonda esa 28 iyulda o'yin o'tkazadi. O'zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida Qirg'iziston terma jamoasidan 97 po'gona yuqorida tugan bo'lsada, o'yin oson bo'lmasligi kutilmoqda.

- Milliy terma jamoamizga raqiblik qiladigan Qirg'iziston termasi haqida gapiradigan bo'lsam, ularga qarshi o'yin oson bo'lmasligini alohida e'tirof etaman. Hududiy jihatdan qo'shni mamlakatlarga qarshi o'yinlarda doimo keskin kurashlar ko'zga tashlanadi, deydi O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi Vadim Abramovning www.the-uff.uz saytiga bergan intervyusida.

Qirg'iziston Futbol Assotsiatsiyasi matbuot-kotibi Qanat Asenovning "Yosh to'lqin"ga bergan suhbatida aytishicha, O'zbekiston termasi yosh professional o'yinchilar bilan boy va ularning tajribasi ancha yuqori. Boz ustiga, O'zbekiston Osiyoda to'rtinchi jamoadir. Biroq, deydi Asenov, to'p dumaloq, maydon esa tekis, futbolda kutilmagan natijalarni ko'rsatish mumkin.

O'zbekiston - Qirg'iziston terma jamoalarining bir-biriga qarshi o'tkazgan o'yinlarning statistikasi esa O'zbekiston tarafida. Qirg'izistonga qarshi o'tkazilgan to'rt o'yinning barchasi O'zbekistonning g'alabasi bilan yakunlangan. Eng kichik hisob 3:0, eng kattasi esa 6:0 bo'lgan.

Qolgan turnirlar bo'yicha o'tkazilgan qur'a natijalari quyidagicha.

2012 yilda Londonda o'tadigan XXX yozgi Olimpiada o'yinlarida O'zbekiston olimpiya termasi Gonkong termasiga qarshi to'p suradi. O'yinlar Toshkentda 19 iyunda, mehmonda esa 23 iyunda bo'lib o'tadi.

19 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi 2012 yilgi Osiyo chempionatida "C" guruhiga tushdi. Ushbu guruhda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Pokiston, Eron, Xindiston, Afg'oniston va Turkmaniston jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

16 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi ham 2012 yilgi Oyiso chempionatida "C" guruhida o'rin oldi. Yosh futbolchilarimizning guruhdagi raqiblari Tojikiston, Baxrayn, Qirg'iziston va Xindiston jamoalari bo'lishadi.

"Eksport"dagi legionerlar yutuqlari

Chet el klublarida to'p surayotgan legionerlarimiz uchun ham o'tgan hafta yutuqlarga boy bo'ldi.

Maxachqal'aning "Anji" klubida o'ynayotgan hamyurtimiz Odil Axmedov Rossiya premyer-ligasi yetakchi klubi bo'lmish Qozonning "Rubin" klubiga qarshi o'tgan o'yinda kiritilgan yagona golga assistentlik qildi. Gol uchrashuvning yettinchi daqiqasida chexiyalik legioner Golenda tarafidan kiritildi. Odil Axmedov ushbu o'yinda to'liq 90 daqiqa maydonda bo'ldi.

Koreyadagi legionerlarimiz Server Jeparov va Aleksandr Geynrixlar to'p surayotgan "Seul" va "Suvon Blyuvings" klublari ham "Key"-liganing 4-chi tur uchrashuvlarida o'tkazgan o'yinlarda g'alaba qozonishdi.

XS
SM
MD
LG