Линклар

logo-print
Kecha Qatarda futbol bo'yicha o'tayotgan Osiyo Kubogining yarim finalida O'zbekiston futbol terma jamoasi Avstraliya terma jamoasiga qarshi to'p surgan edi. O'yin avstraliyaliklarning yirik g'alabasi (6:0) bilan yakunlangan edi.

O'yindan so'ng terma jamoamiz murabbiysi Vadim Abramov o'yin natijalariga bag'ishlangan matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

'Assosiated Press' muxbirining "O'zbekiston terma jamoasining bugungi mag'lubiyatiga nima sabab bo'ldi", degan savoliga boshini ko'tarolmay o'tirdan Vadim Abramov shunday javob qildi:

- Asosan himoya chizig'imizda xatolar ko'p bo'ldi. O'yinchimiz Anzur Ismailov o'yinga uuman kirisholmadi. Shuning uchun ham biz boshidanoq 10 kishi bo'lib o'ynadik, deb o'ylayman. Ulug'bek Baqoyev o'yin davomida olgan ikkinchi sariq kartochkasi uchun maydondan chetlatilgadan so'ng esa umuman 9 kishi bo'lib qoldik. Hisob 3:0 bo'lib turganda 9 kishi maydonda yaxshi o'yin ko'rsata olmaydi.

O'zbekiston futbolining, qolaversa butun Markaziy Osiyo futbolining tarixida O'zbekiston terma jamoasini yarim finalgacha olib chiqishga muvaffaq bo'lgan Vadim Abramov bunday yirik mag'lubiyat uchun avvalo o'zbek futboli muxlislaridan kechirim so'radi.

- Gap kim o'ynaganida, yoki o'ynamaganida emas. Bilmadim nega bunday natija ko'rsatdik. Hozir bunga sabab izlash qiyin. O'zbekiston futboli muxlislari oldida uyatga qoldik. Bugungi kungacha erishgan yutuqlarimiz bir o'yinda yo'qqa chiqarildi. Endi muxlislar oldida yuzimizni ko'tara olmaymiz.

Vadim Abramov qatnashgan matbuot anjumani videosini tamosha qiling. Aytib o'tish lozim, matbuot anjumani birdaniga 4-5 tilda olib borildi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG