Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:30

Valijon Shamshiyev jahon chempionatida 3 o‘rinni egalladi


AQShning Las-Vegas shahrida Karatening Chan-Kuk Do (Chun Kuk Do) yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida o‘zbekistonlik taniqli qiziqchi va sportchi Valijon Shamshiyev 3 o‘rinni egalladi.

Amerikada o‘zbek tilida chop etiladigan “Vatandosh” nashrining xabar berishicha, “qora belbog‘” sohibi Valijon Shamshiyev 34 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan erkaklar orasida besh kishiga qarshi jangga chiqqan.

Jami O‘zbekistondan 3 kishi ishtirok etgan karate bo‘yicha Jahon chempionatida 21 yoshli Zumrad Tayziddinova 18 dan 34 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasida 2-o‘rinni egallagan.

Sportchilar Amerikaga taniqli o‘zbek karate ustasi Xo‘jamqul Xo‘jaqulov rahbarligida tashrif buyurgan.

Karatening Chan Kuk Do yo‘nalishiga AQShlik taniqli sport ustasi, kino aktyori Chak Norris 1990 yilda asos solgan.

23 iyul kuni Valijon Shamshiyev Nyu Jersida o‘zbekistonliklar uchun “Kulganda go‘zal” nomli kulgi kechasida ham ishtirok etishi kutilmoqda, deya xabar qiladi “Vatandosh” gazetasi.
XS
SM
MD
LG