Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:15

Vazirni to'xtatgan DAN xodimlari ishdan haydaldi


Samarqand viloyatida O'zbekiston Ichki ishlar vaziri general-leytenant Bahodir Matlyubovning mashinasini to'xtatgan ikki DAN xodimi ishdan bo'shatildi.

RIA Novosti axborot agentligining vazirlikdagi manbasiga tayanib xabar berishicha, vazir Matlyubov shaxsiy mashinasida Toshkent-Shamarqand trassasida tezlikni oshirganligi uchun DAN xodimlar tarafidan to'xtatilgan.

Agentlikning xabariga ko'ra, Bahodir Matlyubovning haydovchisi rasmiy jarimadan "qutulish" uchun DAN xodimlariga besh ming so'm pora bergan. Mashinada o'tirgan Bahodir Matlyubov fuqaro kiyimida bo'lganligi uchun DAN xodimlari o'z rahbarini tanishmagan.

Bu voqeadan so'ng ishga qaytgan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri poraxo'r DAN xodimlarini va bir qator viloyat ichki ishlar rahbariyati xodimlarini ishdan bo'shatganligi aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG