Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:13

Viloyatdan kelgan abituriyentlar sarson


Viloyatdan kelgan abituriyentlar hujjatlari turli bahonalar bilan qabul qilinmayotir.
Viloyatdan kelgan abituriyentlar hujjatlari turli bahonalar bilan qabul qilinmayotir.
Viloyatdan kelganlarni Toshkent oliygohlariga qabul qilmaslik haqida rasmiy nizom bo‘lmasa-da¸ ular hujjatlari olinmayotir.

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim muassasalariga 2011- 2012 o‘quv yili uchun qabul to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti 4 iyul kuni imzo chekkan PQ-1564 unvonli qaror¸ o‘zbek abituriyentlari va ularning ota-onalari orasida tarqalgan ko‘p savollarga bir qadar oydinlik kiritdi.

Qarordan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlaridagi davlat granti asosida beriladigan talabalik o‘rni qisqargani ma‘lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Oliy ta‘lim vazirligi mutaxassisiga ko‘ra¸ davlat grantlari bulturgiga qaraganda 2 foizga qisqargan.

Qarorda mamlakatning chekka hududlaridagi oliy o‘quv yurtlari “rolini oshirish” degan jumla ham bor. Bu jumla qabul mavsumi arafasida talabalar va Toshkent aholisi orasida “Viloyatdan kelganlar Toshkentdagi oliy o‘quv yurtiga qabul qilinmas ekan degan” mish-mishlarda asos borligini ko‘rsatdi.

Qaror ilovasi esa¸ qaysi mutaxassislikka qancha talaba qabul qilinishini aniq ifodalaydi.

Qaror ijrosi O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev zimmasiga yuklatildi.

Raqamlardagi manzara

2011-2012 o‘quv yilida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari 62 ming 600 nafar talaba qabul qiladi. Yana ham aniqroq aytsak¸ 56 ming 607 bakalavr va 5 880 magistr uchun o‘rin ajratildi. Yana 115 talaba sirtdan ta‘lim olishi mumkin.

Bulturgi qabul bilan solishtirish uchun O‘zbekiston Oliy ta‘lim vazirligi Oliy o‘quv yurtlar boshqarmasiga telefon qildik.

O‘zini boshqarma boshlig‘i Inomjon Majidovning yordamchisi deb tanishtirgan mulozim ba‘zi ma‘lumotlarni Ozodlik bilan baham ko‘rdi.

- Bu yil birinchi kursga kirayotgan talabalar (bakalavrlar ) soni o‘zgarmadi. Bultur 56 ming 507 edi¸ bu yil ham shuncha. Magistrlar uchun kvota bu yil bir oz oshdi. Bultur 5856 edi bu yil 5880. Davlat grantlari qisman kamaydi. 2011-2016 yilga qadar respublika Oliy o‘quv yurtlariga barcha yo‘nalishlar bo‘yicha davlat granti ajratilgan 35 foiz talabalik o‘rni 33 foizga kamaytirildi.

Ozodlik bilan suhbatda mulozim ba‘zi fakultetlar qisqargani va viloyatlarda o‘qish kvotalari oshirilganini ham aytdi.

Ingliz tiliga ishtiyoq

O‘zbekistondagi barcha o‘quv yurtlarida eng ko‘p talaba qabul qilinadigan soha ingliz tili ekani qaror ilovasidan ma‘lum bo‘ldi. O‘zbekiston bo‘ylab oliy o‘quv yurtlarda 2450 abituriyent ingliz tili fakultetiga o‘qishga kiradi.

Ayni paytda 1360 talabalik o‘rni o‘zbek tili uchun¸ 530 o‘rin esa rus tili va adabiyotiga ajratilgan.

Shuningdek o‘zbek oliygohlarida tojik¸ qozoq¸ qirg‘iz¸ koreys va mandarin tili mutaxassislari ham yetishtiriladi.

Targ‘ibotchi kasbi

O‘zbek milliy mafkurasi targ‘ibotchisi bo‘lish uchun ham oliy o‘quv yurtini xatm qilish kerak.

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma‘naviyat asoslari “ fakuletetlarida 2011-2012 yillarda 525 “mutaxassis” tayyorlanadi. Bu mutaxassislar tuman¸ viloyat hokimiyatlari¸ harbiy qismlarda “rejim” targ‘ibotini ta‘minlaydi.

“Milliy istiqlol g‘oyasi va ma‘naviyat asoslari “ deb atalgan “o‘zbekcha Ruhnoma” darsi barcha fakultetlar talabalari uchun majburiy hisoblanib¸ davlat imtihonlari ro‘yxatiga kirgan.

2011 -12 o‘quv yilida 15 nafar talaba axborot xavfsizligi sohasida magistr bo‘ladi.

Bu talabalar rasmiy Toshkent nazarida istalmagan axborot tizimlarini to‘sish uslublaridan tahsil olishadi.

Talabalarsiz Toshkent

O‘zbekiston prezidenti 4 iyul kuni imzo chekkan qarorda¸ mamlakatning chekka hududlaridagi oliy o‘quv yurtlari “rolini oshirish” degan jumla bor.

Oliy ta‘lim vazirligi mulozimlari va Toshkent oliy o‘quv yurtlari qabul komissiyasi hodimlari bu jumlani “viloyatdan kelganlar qabul qilinmasin” degan mazmunda talqin qilishmoqda.

Farog‘at ismli qizini o‘qishga (Milliy univyersitetga) kirgizish uchun Xorazmdan Toshkentga kelgan ota bilan suhbatdan shunday xulosa chiqdi.

- Avvaliga mutlaqo qabul qilmaymiz¸ viloyatdagilar viloyatda o‘qisin¸ deb eshikdan qaytarishdi. Men mahkam turdim. Qani hujjat dedim. Keyin ular oldin borib vaqtincha propiskaga turing¸ keyin hujjatlarni qabul qilamiz¸ deyishdi. Vaqtincha propiska taqiqlanibdi. Keyin borsam propiska bo‘lmasa mumkin emas¸ deb turib olishdi. Men yana talab qilsam¸ Karimov shunaqa qaror qabul qildi. Regionlarda oliy ta‘lim rivojlanishi kerak¸ deb turib olishdi.

Qabul mavsumi arafasida talabalar va Toshkent aholisi orasida “viloyatdan kelganlar Toshkentdagi oliy o‘quv yurtiga qabul qilinmas ekan degan” mish-mishlar tarqagan edi.

Internetdagi Uznewsnet nashri O‘zbekiston Oliy va o‘rta ta‘lim vazirligi¸ viloyatdan kelganlarning hujjatlari oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinmasin¸ degan og‘zaki “ tavsiya” bergani haqida yozdi.

O‘zbekiston Oliy va o‘rta ta‘lim vazirligining o‘zini Sardor deb tanishtirgan mulozimi¸ viloyatdan kelganlarning hujjatlari Toshkent oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinmasin¸ degan gap asossiz ekanligini aytdi. Sardorga ko‘ra oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish borasidagi qonun-qoida va yo‘l yo‘riqlarga o‘zgarish kiritilmagan.

Mirzo Ulug‘bek nomli O‘zbekiston Milliy univyersiteti rektori yordamchisi¸ o‘zini Lyudmila deb tanishtirgan suhbatdosh nazarida “viloyatdan kelgan¸ abituriyentlar hujjatlarini qabul qilmaslik” degan jumla¸ mohiyatan qabul qilib bo‘lmaydigan darajada noto‘g‘ri.

- Biz respublika oliygohimiz. Respublikaning qaysi burchagidan kelgan bo‘lmasin¸ barcha uchun eshigimiz ochiq. Oliy o‘quv yurti bir shahar uchun emas¸ balki butun respublika o‘quv maskanidir. Qolavyersa¸ O‘zbekiston fuqarolarining erkin harakatlanish va ta‘lim olish huquqi bor. Yana bir bor takrorlayman viloyatdan kelganlarga Milliy univyersitetimizda hech qanday cheklov yo‘q¸ dedi Milliy univyersitet rasmiysi.

Ammo oliy o‘quv yurtlari mulozimlarining “uydagi gapi-ko‘chaga” to‘g‘ri kelmayapti.

Chekkadagi oliy o‘quv yurtlarini rivojlantirish haqida gapirilayotgan bir pallada¸ Angrendagi Pedagogika institutining tugatilayotgani ma‘lum bo‘ldi.

Toshkentni talabalarsiz shaharga aylantirish g‘oyasi 1992 yil yanvarida yuz bergan studentlar isyonidan keyin o‘rtaga chiqqan edi.

Talabalar isyonidan qo‘rqqan Islom Karimov¸ har bir viloyatda univyersitetlar ochish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Toshkentga viloyatdan kelgan talabalar o‘z o‘qishlarini viloyatda davom qildirishi uchun maxsus avtobus va uchqichlarda bir hafta ichida uylariga yetkizilgan edi.
XS
SM
MD
LG