Линклар

logo-print

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj mukofotlandi


AQSh diplimatik dunyosini ontar-to'ntar qilgan WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assange.

AQSh diplimatik dunyosini ontar-to'ntar qilgan WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assange.

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj o‘z vatani Avstraliyadagi inson huquqlari borasidagi obro‘li mukofotga sazovor bo‘ldi.

Avstaliyadagi Sydney Peace Foundation tashkilotining “Sidney tinchlik mukofoti” deb nomlanadigan bu mukofoti mamlakatda yagona xisoblanadi.

Mukofotni topshirish marosimi Londonda bo‘lib o‘tdi. Assanjga oltin medalni topshirgan Sydney Peace Foundation vakili Styuart Ris¸ Assanj faoliyati siyosiy va madaniy muxofazakorlarning komformizmini chippakga chiqardi deb aytdi.

Mukofotni Julian Assanjga topshirar ekan, Styuart Ris shunday dedi:

- Asrlar davomida shakllanib kelgan davlat sir saqlash tizimiga qarshi chiqib va odamlarning ma'lumot olish haqqini ilgari surib, WikiLeaks va Julian Assanj jurnalistikada va erkin axborot oqimida yangi tartib yaratdi.

Assanjdan oldin bu mukofotni Nelson Mandella va Dalay Lama olgan edi.

WikiLeaks loyihasi AQSh davlat departamenti va Pentagonga oid minglab xujjatlarning oshkor qilganidan keyin shuxrat qozondi.

Assanjga nisbatan Shvyesiya prokuraturasi shahvoniy tegajog‘lik moddasi bilan jinoiy ish ochgan.
XS
SM
MD
LG