Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:46

WikiLeaks: Gulnora Karimova O‘zbekiston gaz eksportini nazorat qiladi


O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova o‘zbek gazi eksportining 80 foizini nazorat qilib kelgani aytiladi WikiLeaks Internet sayti e‘lon qilgan navbatdagi maxfiy hujjatlarda.

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasiga nisbat berilgan va Gulnora Karimova yana asosiy qahramoniga aylangan maxfiy hujjatlarni Shvyeyspariyadagi Le Temps gazetasi e‘lon qildi (fransuz tilida).

WikiLeaks oshkor qilgan AQSh diplomatik yozishmalarida Gulnora Karimova Shvyeysariyada ro‘yhatga olingan Zeromaks shirkatining xo‘jayini bo‘lgani ham ta‘kidlanadi.

2007 yilda AQShning Toshkentdagi elchixonasidan Vashingtonga yuborilgan depeshalaridan birida Gulnora Karimova aynan Zeromaks vositasida o‘zbek gazi eksportining 80 foizini nazorat qilgani aytiladi.

Shvyeysariyada chiqadigan Le Temps gazetasining 17 fevral kungi sonida e‘lon qilingan maqolada Gulnora Karimovaning O‘zbekistonning BMT va Ispaniyadagi elchi lavozimlarini egallashi va Shvyeysariyaning eng boy kishilari ro‘yhatida ekaniga e‘tibor qaratiladi.
XS
SM
MD
LG