Линклар

logo-print
AQSh rasmiylari Amerika senati sayti www.senate.gov ga xakerlar hujumi bo‘lganini tasdiqladi.
AQSh kongressining xavfsizlik bo‘yicha ma‘sul xodimining ma‘lum qilishicha, xakerlar senat saytidan maxfiy axborotlarni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lmagan.
Dushanba kuni o‘zini “Lulz Security” deb tanishtirgan xakerlar guruhi AQSh senatining kompyuterlar tarmog‘iga hujum qilganini aytib, o‘g‘irlangan fayllar ro‘yxatini o'z saytida e‘lon qilgan edi.
Shuningdek, mazkur xakerlar guruhi so‘nggi paytdagi bir qancha kiberhujumlar, jumladan, Sony korporatsiyasi va Amerikaning Public Broadcasting System telekompaniyasiga bo‘lgan kiberhujumlar bo‘yicha ma‘suliyatni ham o‘z zimmasiga oldi.

"Lulz Security" xakerlar guruhinig veb-sahifasida aytilishicha, ular xavfsizligi past saytlarga hujum qilishib, ularning egalariga saytlarning zaif taraflarini ko'rsatishdir.

"Lulz" so'zi Oksford Ingliz tili lug'atiga 2011 yili kiritilgan kompyuter jargoni "LOL" so'zidan kelib chiqib, "qattiq kulmoq" degan ma'noni anglatadi.
XS
SM
MD
LG