Линклар

logo-print
2010 yilning iyunida Qirg‘izistonning janubida amalga oshirilgan zo‘ravonliklar sabablarini o‘rganish uchun tuzilgan Mustaqil Xalqaro tadqiqot komissiyasi fikricha, Qirg‘iz respublikasining muvaqqat hukumati mamlakat janubida millatlararo munosabatlar yomonlashib ketganini yo tan olmadi yoki yetarli baho bera olmadi.

Komissiya fikricha, O‘tunbayeva yetakchiligidagi muvaqqat hukumat zo‘ravonliklarning oldini olish yuzasidan shoshilinch chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishi lozim edi.

Komissiya hisobotidan ba‘zi parchalarni 24.kg agentligi e‘lon qildi.
Komissiya o‘z hisobotini rasman e‘lon qilgani yo‘q.

Tarkibiga 7 mutaxassis kirgan xalqaro komissiya iyun voqealari sabablarini o‘rganishni oktabrda boshlagan va yanvar oxirida tadqiqot uchun zarur materiallarni yig‘ib bo‘lgani to‘g‘risida e‘lon qilgan edi.

YeXHT parlament assambleyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili, finlyandiyalik diplomat Kimmo Kilyunen yetakchiligidagi komissiya BMT, YeI va YeXHT bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish jarayonida tuzilgan. Lekin tilga olingan uch tashkilotdan birontasi ham mazkur komissiyaga o‘z mandatini bergan emas.

Komissiya faoliyatini shimoliy davlatlar, Yevropa Ittifoqi, AQSh va boshqa davlatlar moliyalashtirgan.

Komissiya xulosasi martda e‘lon qilinishi kutilgan edi. Shu kunlarda esa, hisobotning rasman e‘lon qilinmayotgani uni rus tiliga tarjima qilish zarurati bilan izohlanmoqda.
XS
SM
MD
LG