Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:45

Xalqaro nashrlar o‘zbek matbuotidan taajjubda


Xalqaro nashrlar O‘zbekiston rasmiy matbuoti so‘nggi o‘n yillikning eng asosiy voqeasi, deb atalayotgan Usama bin Ladinning o‘ldirilishiga oid xabarni nazardan chetda qoldirganiga e‘tibor qaratmoqda.

“The Telegraph”, “Foreign Policy” va “Global Post” gazetalari Uznews.net nashriga tayanib, O‘zbekiston hukumatiga qarashli “Pravda Vostoka” gazetasi xodimining “Usama bin Ladin o‘limidan xabarimiz yo‘q va bu xabarning mushtariylarimizga qizig‘i yo‘q”, degan so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

Xorij matbuoti shuningdek, O‘zA Milliy axborot agentligining “bin Ladin o‘ldirilganidan xabarimiz bor, lekin hozircha muxbirlarimiz bu xabarni izohlay oladigan tahlilchilar bilan bog‘lana olmadi”, degan bahonasini ham keltirmoqda.

“Foreign Policy” nashri O‘zbekistondan tashqari “so‘nggi o‘n yilning asosiy voqeasi” Shimoliy Koreya matbuotida ham yoritlmaganini yozdi.
XS
SM
MD
LG